Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afsonaviy bokschi Feliks Savon hibsga olindi – OAV
Boks bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni, kubalik Feliks Savon o‘z yurtida balog‘atga yetmagan bolani zo‘rlashda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda Kuba OAVga iqtibos keltirgan holda Boxing Scene portali xabar qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 51 yoshli sobiq bokschi bir oilaning shikoyatidan keyin hibsga olingan. Ota-onaning ta'kidlashicha, Savon ularning 12 yoshga yetmagan farzandini zo‘rlagan.
Savon 30 sentabrda hibsga olingan, biroq hukumat bu voqeani ovoza qilishni istamayapti.
Ta'kidlanishicha, bu Savonning birinchi shunday qilmishi emas, hukumat milliy qahramonning sha'niga dog‘ tushirishni istamay, uning avvalgi shunday jinoyatlarini yashirib kelgan.
Savon sport faoliyatini 2001 yilda yakunlagan. U uch marta Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan tarixdagi 3 bokschidan biri hisoblanadi. Bunday natijaga o‘z vaqtida yana bir kubalik bokschi Teofilo Stivenson va vengriyalik Laslo Papp erishgan.
Feliks 91 kg gacha vazn toifasida Barselona (1992), Atlanta (1996) va Sidneydagi (2000) Olimpiadalarda zafar quchgan.
E'tiborlisi, hamyurtimiz Ruslan Chagayev 1997 yilgi jahon chempionatining finalida aynan Savonni mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
10:10 / 12.06.2026
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
22:15 / 05.06.2026