Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda noqonuniy muhojirlarga boshpana berish cheklandi
AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy muhojirlarga boshpana berishni cheklovchi hujjat imzolangani haqida ma'lum qildi. Reuters shu haqida xabar berdi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur hujjat noqonuniy muhojirlarga AQShda qochqin maqomi uchun hujjatlarni topshirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Manbada ta'kidlanishicha, bunday choralar AQSh chegarasiga bir necha ming kishilik migrantlar karvoni yaqinlashishi bilan bog‘liq.
Bundan avval Milliy xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen va bosh kotib Mettyu Uitkayerlarning qo‘shma bayonotida Donald Tramp ma'muriyati noqonuniy migrantlarga siyosiy boshpana taqdim etishni cheklashni taklif qilayotgani haqida ma'lum qilingan edi.
“Bizning boshpana berish tizimimiz noqonuniy muhojirlarning asossiz boshpana so‘rashga oid murojaatlari bilan haddan tashqari yuklanib ketgan. Bu esa mamlakat resurslari uchun katta yukdir”, - deyiladi qo‘shma bayonotda.
Ularning fikricha, bunday vaziyat haqiqatda boshpanaga muhtoj kishilarga siyosiy boshpana taqdim etishga xalal beradi.
Hujjatda Amerika hukumati siyosiy boshpana berishni cheklash bo‘yicha qanday choralar qabul qilishi mumkinligi ko‘rsatilmagan.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026