Mbappe: «Ronaldu va Messi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritolmaydi»
«Pari Sen-Jyermen» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning fikriga ko‘ra, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» to‘purari Lionel Messi bu ishni amalga oshirolmaydi.
«Ular «Oltin to‘p» sohibi bo‘lolmaydi. Chunki, har ikkalasi ham jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Bu esa yilning eng asosiy turniri.
To‘g‘ri, Messi Yevropada eng yaxshi to‘purar bo‘ldi, Ronaldu esa Chempionlar Ligasida. Ularning o‘yini pasaymadi va davri hali o‘tmadi. Qachonki, ulardan ham zo‘r o‘ynaydigan futbolchi chiqsa, bu haqda gapirishimiz mumkin bo‘ladi», - deb Mbappe so‘zlarini keltirmoqda Independent.
Mavzuga oid
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024
Ronaldu - «Real»dagi faoliyati, Mbappe Madridga o‘tishi va Kroos faoliyatini yakunlagani haqida
04:56 / 05.09.2024