«Paxtakor» «Lokomotiv» chempionligini kechiktirdi, «Navbahor» bronza medallariga yaqinlashdi
Superligada 30-turdan o‘rin olgan 3ta o‘yin yakuniga yetdi.
«Paxtakor» o‘z maydonida «Metallurg» bilan bellashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu natijadan so‘ng, «sherlar» 34 ochko bilan 2-o‘rinda borishmoqda. Peshqadamlik qilayotgan «Lokomotiv»da 40 ochko bor. Agar bugun «Paxtakor» ochko yo‘qotganida «temiryo‘lchilar» musobaqa yakunlanishiga 2 tur qolganida chempion bo‘lishardi.
«Navbahor» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol Ro‘zimboy Ahmedov tomonidan penaltidan urildi. Bu yutuq namanganliklarning bronza medallarini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini oshirdi.
Musobaqa yakunlanishiga 2 tur qolganida, «Navbahor» 28 ochko bilan 3-o‘rinda, «Bunyodkor» esa 24 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Ligada qolish uchun kurashayotgan jamoalar guruhida «Qizilqum» «Nasaf»ni 2:0 hisobida yengdi.
Superliga, 30-tur
10 noyabr
«Paxtakor» - «Metallurg» 2:1
Gollar: Tiago Bezerra (69), Bahrom Abdurahimov (81) - Abror Xusinov (90+3)
«Qizilqum» - «Nasaf» 2:0
Gollar: Erkin Boydullayev (59), Artur Gevorkyan (80)
«Navbahor» - «Bunyodkor» 1:0
Gol: Ro‘zimboy Ahmedov (64 pen)
Mavzuga oid
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi
00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
21:55 / 19.10.2024