Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronlik ayollar 35 yillik taqiqlovdan keyin futbol maydoniga qo‘yildilar
Yuzlab eronlik futbol muxlisalari 10 noyabrda Tehronda o‘tgan Osiyo Chempionlar ligasi finali javob uchrashuviga tashrif buyura oldilar. Ma'lum qilinishicha, stadionga kelgan ayollarning askariyati o‘yinchilarning yaqinlari va ayollar futbol jamoalari a'zolari bo‘lgan.
Muxlisalar uzoq kutilgan ruxsatni FIFA Eron hukumati bilan olib borayotgan muzokaralar natijasida olishgan. FIFA Eronda ayollarga futbol uchrashuvlariga tashrif buyurishga 35 yildan ko‘proq vaqtdan beri amal qilayotgan taqiqlovning bekor qilinishida yordam bermoqchi.
Avvalroq eronlik ayollar Boliviya terma jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuviga qo‘yilgandilar, biroq o‘yindan keyin taqiqlov yana kuchga kirgan. Joriy yil martida 35 nafar eronlik muxlisa ikki mahalliy jamoaning o‘yinini ko‘rish uchun maydonga kirmoqchi bo‘lganda ushlangandi.
Musobaqada esa Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi g‘olib bo‘ldi. Ikki o‘yindan iborat finalning javob uchrashuvida yapon klubi safarda Eronning «Persepolis» klubi bilan 0:0 hisobidagi durang qayd etdi. Dastlabki bahsda 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan yaponiyaliklar nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdilar.
Mavzuga oid
09:45
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026