Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi tashlandiq karerda antiqa mehmonxona qurilishi yakuniga yetdi
Odatga ko‘ra, mehmonxonalar shinam xonalar va oynalardan ochiluvchi chiroyli manzaralar uchun o‘zaro raqobatlashadi, biroq Xitoyda qurib bitkazilgan Shimao InterContinental Wonderland mehmonxonasi ularning barchasiga qarshi bordi. Gap shundaki, Shanxay yaqinida joylashgan mehmonxona tashlandiq karerda bunyod etildi.
Qurilishi 10 yil davom etgan mehmonxona mijozlar uchun o‘z eshiklarini 1 dekabrdan ochadi. Bu mehmonxonaning bir kishilik standart xonasi uchun 480 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Mehmonxonaning 16 qavati yer ustida joylashgan, 10 metr chuqurlikda esa akvarium ko‘rinishida yana 2 qavat mavjud. Mehmonxonaning yer usti qismida xonalar, restoran, basseyn va suv sporti turlari markazi joylashadi.
Mehmonxona loyihasini Dubaydagi Burj Al Arab mehmonxonasini yaratgan Atkins britan firmasi ishlab chiqqan. Arxitektorlar binoning ekologikligiga urg‘u berishgan. Jumladan, mehmonxonada quyosh va geotermal elektr stansiyalar ishlaydi.
Ushbu mehmonxonada istovchilar beysjamping va qoyaga ko‘tarilish bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi.







Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026