Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Prezident farmoni bilan 2019 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta'minlash maqsadida dam olish kunlari belgilandi.
2019 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari:
2 yanvar – chorshanba;
22 mart – juma;
2 sentabr – dushanba.
2019 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chiriladi:
5 yanvar – shanba 3 yanvar – payshanbaga;
1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga;
7 sentabr – shanba 3 sentabr – seshanbaga;
28 dekabr – shanba 31 dekabr – seshanbaga.
- byudjyet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini uch ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;
- har yilgi mehnat ta'tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta'tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari qo‘shiladi;
- har yillik mehnat ta'tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak;
- byudjyet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qo‘shimcha dam olish kunlari mehnat ta'tiliga qo‘shimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Kavkaz «Barselona»si. «Qorabog‘» YeChLda tarix yozmoqda
Sport | 20:14 / 06.11.2025
Xitoyda talaba bo‘lish va yashash: buni qanday amalga oshirish mumkin?
Ta’lim | 17:38 / 06.11.2025
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
Jahon | 23:30 / 07.11.2025
-
Migrantlar uchun imtiyozli sug‘urta va avtobuslarning yo‘nalish raqami ko‘rinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:59 / 07.11.2025
-
Istanbul Bosh prokuraturasi Netanyahuni genotsidda ayblab, hibsga olishga order berdi
Jahon | 22:49 / 07.11.2025
-
Toshkent metrosi bekatlarida kichik kutubxonalar tarmog‘i ochildi
Jamiyat | 22:20 / 07.11.2025
Mavzuga oid
14:52 / 05.11.2025
Yangi tartib: davlat ijtimoiy sug‘urtasi 2026 yil 1 yanvardan ishga tushadi
15:06 / 03.11.2025
Strategik hujjatlar qonun va prezident hujjatlari bilan tasdiqlanadi
10:51 / 25.08.2025
Aylanmadan olinadigan soliqdan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi
18:29 / 21.08.2025