Jamiyat | 09:00 / 12.11.2018
6973
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

MR-LINAC: Shishni nishonga olishning «mukammal» radioterapiya usulidan endi Turkiyada ham foydalansa bo‘ladi!

MR LINAC onkologik kasalliklarni davolash uchun radioterapiya sohasidagi eng yangi yutuqdir.

«Mukammal radioterapiya»ni amalga oshiradigan MR LINAC qurilmasi ilg‘or dasturiy ta'minot va MR tasvirlar bo‘yicha yo‘nalish mavjudligida shishning harakatlarini ilg‘ab olishga, yuksak tezlikda aniq tasvirlarni hosil qilishga va muolajani o‘tkazish chog‘idagi shishning harakatlariga muvofiq davolashni borishini dasturlashga qodir.

Ushbu yangi texnologiya atrofdagi to‘qimalarni shikastlamasdan turib nurlarni aniq shishga yo‘naltiradi. Ushbu xususiyatlarning barchasi onkologik kasalliklarda radioterapiyani qo‘llab davolanishni 90% gacha muvaffaqiyatini ta'minlab beradi. Ilgari faqat AQSh va Niderlandiyada ishlatilgan ushbu yangi qurilmani Acıbadem Maslak Shifoxonasi endi Turkiya va qo‘shni mamlakatlardagi bemorlarni davolamokda.

Onkologik kasallikning yuzaga kelishi tez va xavfli bir jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ham olimlar onkologik kasalliklarni tashxislash va rivojlanishida muvaffaqiyatga erishish uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga intilmoqdalar. Ularning radioterapiya sohasidagi urinishlarining natijasida paydo bo‘lgan eng yangi texnologiya MR LINAC’dir. Ushbu texnologiya uchun mukammal dasturiy ta'minot ishlab chiqilgan, bu esa MR tasvirlar asosida shishning joyini tekis mo‘ljalga oladi.

Sog‘liqni saqlash sohasida jahon standartlari darajasida o‘zining 21 ta shifoxonasida va 4 ta mamlakatda ambulator bemorlar uchun 16 ta klinikasida xizmatlar taqdim etadigan Acıbadem Healthcare Services guruhi o‘ziga qarashli Maslak shifoxonasini ilgari jahonda faqat AQSh va Niderlandiya mamlakatlarida  ishlatilgan «radioterapiya uchun eng mukammal qurilma» – MR LINAC apparaturasi bilan jihozladi.

Katta tezlikda o‘ta aniq tasvirlarning olinishi

Bu qurilma elektrdan rentgen nurlarini hosil qilib, ularni bemorga yo‘naltiradi, bu nurlarning yo‘nalishini tasvirlash usulida aniqlanadi.

Acıbadem tizimidagi Mexmet Ali Aydinlar Universitetining Radiatsion Onkologiya bo‘limida bu sohada ko‘p yillardan beri ishlab kelayotgan Professor Doktor Enis Uzyar, akademik, ushbu qurilmaning bemorlar uchun ustunliklari to‘g‘risidagi axborot bilan o‘rtoqlashdi: «Ilgari tasvirlar formatli fotoplyonkada, radiologik apparatura jihozlangan qurilmalar yordamida yaratilardi. Shundan so‘ng tomografiya qo‘llana boshlandi. Ammo bu usullardan birontasi ham shishni yoki atrofidagi oddiy to‘qimalarni aniq tasvirini ko‘rsatib bera olmasdi. Bu usulda yumshoq to‘qima va shishni ko‘rishni imkoni bo‘lmagani uchun suyak to‘qimalarining tasvirlarini olardik. Boshqa tarafdan, yangi apparatura bugungi kunda tasvirlarni olishning eng yaxshi usuli hisoblangan MR usuli LINAC qurilmasida mujassamlagan».

Doktor Enis Uzyar

MR-LINAC yordamida eng maqbul tasvirlarni olishlari mumkinligini va shishning holatini ayricha tiniqlikda aniqlay olishi bu qurilmaning eng muhim jihatlaridan biri ekanligini tasdiqlab, Professor Uzyar quyidagi axborot bilan ham bo‘lishdi: «Ilgari shishning holatini deyarli butunicha noaniq bo‘lgan tasvirda aniqlashimizga to‘g‘ri kelardi. Shish chegaralarini qat'iy aniqlashning imkoni yo‘q edi. Biz,nurlar sog‘lom to‘qimalarni shikastlamasligi uchun xavfsizlik chegaralarini belgilashimizga to‘g‘ri kelardi. Ammo tasvir noaniq bo‘lgani tufayli ba'zi sog‘lom to‘qimalar ham zarar ko‘rar edi».

Tasvirlarni ham fotosurat, ham video ko‘rinishida soniyada hosil qila olishi qurilmaning boshqa bir xususiyati bo‘lib, ulkan afzallik hisoblanadi.

Shishning harakatlarini ilg‘ash qobiliyati

Shishning harakatlarini ilg‘ash qobiliyati qurilmaning misli yo‘q xususiyatlaridan yana biridir. Bu muhim ahamiyatga ega, chunki bemor beixtiyor harakatlar sodir etishi yoki qaysi bir ichki organlar muolaja paytida harakatlanishi mumkin. Vaholanki, davolash paytida bemorning harakatsiz bo‘lishi mutlaq zarur, aks holda bunga imkon bo‘lmaydi. Masalan, bemor ixtiyorsiz nafas oladi, shunda shishning holati vaqtincha suriladi. Nurlar esa, shishning harakatlanishiga qaramasdan avvalgi nuqtaga yo‘naltirilgani sababli oddiy to‘qimalar ham ularning ta'sir maydoniga tushib, shikastlanadi.

Ammo yangi usulning mukammal dasturiy ta'minoti aniq tasvirlarni hosil qilgan holda soniyada va uzluksiz MR tasvirlarni hosil qilishga imkon beradi. Bunda shishning har bir harakati darhol aniqlanadi. Bu kabi soniyaviy aniqlanishda nishon va doza shishning harakatiga bog‘liq ravishda qayta hisob-kitob qilinadi. Shuning sharofati bilan hattoki, asbobsiz, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan shishlar ham ushbu qurilma yaratadigan aniq tasvirda ko‘rinadi; bu esa onkologga, radiatsion terapiya sohasidagi mutaxassisga shishning so‘nggi holatiga muvofiq soniyada amalga oshiriladigan qayta hisoblashlar asosida radioterapiyani yuksak aniqlik va saranjomlik bilan amalga oshirishiga imkon yaratadi.

Ushbu usul barcha turdagi shishlarni davolash uchun ishlatilishi mumkin

MR LINAC inson organizmidagi barcha turdagi shishlar uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu yangi usul mijozlarga o‘pka raki, prostata raki, qorin bo‘shlig‘i sohasidagi shishlar, jigar mestastazalari va oshqozonosti bezi rakini davolashda bemorlarga katta ustunlik taqdim etadi. MR-LINAC usulini qo‘llash natijalarini o‘rganishga qaraganda, oshqozonosti rakini davolashda eng yaxshi natijalar olingan. Bu yangi usulni qo‘llaganda muvaffaqiyat darajasi 90% gacha ortishi aniqlangan. Inqilobiy deb tan olinishi mumkin bo‘lgan bu yutuqni shishlarning boshqa turlariga qarshi ishlatish mumkin. Shishni so‘nggi holatini bir soniyada aniqlash kafolatlangach, ushbu usul shishlarga qarshi yo‘naltirilgan nurlanish dozasini oshirishga imkon beradi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘tkazilayotgan davoning samarasini oshiradi.

MR-LINAC ning ustunliklari

• Ushbu texnologiya shishni davolash paytida bir soniyada va aniq ko‘rish imkonini beradi.

• Ham fotosurat, ham video ko‘rinishida hosil bo‘luvchi tasvirlar onkologga, radiatsion terapiya sohasidagi mutaxassisga nurlarni go‘yoki jarrohdek aniqlikda yo‘naltirish imkonini beradi.

• Shish tasvirlarining uzluksiz va soniyada paydo bo‘lishi shishning harakatiga qarab nishonni surish imkonini beradi.

• Bu esa barcha shishlarni yuksak aniqlikda shikastlab, parchalash imkonini beradi.

• Bu usul qo‘llanilganda shish, atrofidagi to‘qimalar zararlanmasdan, sezilarli radiatsiya ta'siriga uchraydi.

• Shishlarning barcha turlariga qarshi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan usul, shuningdek, o‘pka va qorin bo‘shlig‘idagi boshqa harakatchan organlarning shishlarini xavfsiz davolashga imkon beradi.

• Bu ustunliklarning barchasi nurlanishning yuksak dozalarini shishlarga yo‘naltirishga imkon yaratadi.

• O‘z navbatida, davolash kurslarining soni qisqaradi.

Har bir bemorga maslahat olishda va Turkiyaga davolanish uchun jo‘nab ketishda yordam beradigan Acıbadem Healthcare Services shifoxonalarining Toshkent shahridagi vakolatxonasi ofisi quyidagi manzilda joylashgan:

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulugbek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li mavzesi, 19 uy.

Telefon: +99895 144 54 45

Shuningdek, sayt yoki rasmiy vakolatxona orqali buyurtmani jo‘natib Acıbadem yetakchi shifokorlarining mustaqil maslahatini olish mumkin: www.acibadem.com.ru

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish