Xalqaro ekspertlar «2019 yilda Yevroosiyo uçun global tahdidlar reytingi» tadqiqotini taqdim etişdi. Taqdimot 12-13 noyabr kunlari Qozoğiston poytaxtida bölib ötayotgan, dunyo mamlakatlaridan yetakçi ekspertlar, siyosatçilar hamda diplomatlarni birlaştirgan siyosiy forum şaklidagi xalqaro munozaralar maydonçasi - «Ostona klub» IV yiğilişi doirasida ötkazildi.

Tadqiqotda 30dan ortiq ekspert va siyosatçilar iştirok etdi, şuningdek, sörovnoma uslubidan foydalangan holda 60 mamlakatdan 1000dan ortiq respondent bilan suhbat ötkazildi.

Foto: Kazinform

Reytingni yaratişdan maqsad - ham Yevroosiyo mintaqasida, ham butun dunyoda dolzarb geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlarni baholaş.

«Bugungi kunda savdo va sanksiyalar uruşi, ortib borayotgan qurollaniş şaroitida, nizolarni hal qiliş uçun muhim xalqaro institutlar, jumladan, BMT va JST tahdid ostida qoldi. Kuzatilayotgan jarayonlar global xavfsizlik tizimi inqirozi ortayotganidan darak beradi, bu eng salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Bunday şaroitlarda, bizning fikrça, Yevroosiyo global çegarada turibdi, bunda u yoki birlaşişi, yoki global mojaro maydoniga aylanib ketişi ehtimoli bor. Bu holatga qanday yeçim topilişi yaqin yillarda ma'lum böladi. Şu nuqtai nazardan, biz tayyorlagan tahdidlar reytingi uşbu muloqot mavzusi bölişi kerak bölgan muammolarni belgilab berişga qaratilgan», - deya ta'kidlab ötdi Qozoğiston Birinçi prezidenti fondi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va siyosati instituti direktori Yerjan Saltibayev.

Tahlilçilarning fikriça, mintaqadagi asosiy geosiyosiy tahdidlar quyidagilar:

- Xitoy va AQŞ örtasidagi qarama-qarşilikning kuçayişi,
- keng kölamli savdo uruşlari,
- Yaqin Şarqdagi katta uruş,
- Rossiya va Ğarb örtasidagi munosabatlarning yanada yomonlaşişi,
- Yevroosiyodagi «qaynoq nuqtalar»da faollikning tiklanişi, 
- separatizm va etno-konfessional ziddiyatlarning ösişi,
- ekologik va suv muammolarining kuçayişi,
- kibertahdidlarning kuçayişi va evolyutsiyasi,
- yangi qurollaniş poygasining boşlanişi,