Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
Qozog‘iston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, bunga ichki bozorda yoqilg‘i tanqisligi tahdidi sabab bo‘lgan.

Foto: TASS
Qozog‘istondan benzin eksporti yana olti oyga taqiqlandi. Bu haqda «Qozog‘iston Respublikasi hududidan neft mahsulotlarini eksport qilishning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi buyruqning yangi tahriri Energetika vazirligi tomonidan tayyorlanib, muhokama qilish uchun ochiq portalga joylashtirildi, deb xabar berdi Zakon.
2025 yil 29 martidan joriy etilishi kutilayotgan taqiq nafaqat xorijiy davlatlarga, balki YeOII davlatlariga ham taalluqli (ilgari kelishilgan hajmlar bundan mustasno).
Taqiqqa ko‘ra, yoqilg‘i-moylash materiallarini avtomobil transportida eksport qilish mumkin emas (bu yonilg‘i baklaridagi benzinga taalluqli emas). Gumanitar yordam doirasida neft mahsulotlarini eksport qilish (hukumat qarori bilan) va ilmiy faoliyat uchun namunalarni eksport qilish bundan mustasno bo‘ladi.
Qozog‘iston neft mahsulotlarini temiryo‘l orqali eksport qilish ham taqiqlangan (benzinni yetkazib berish rejalari bo‘yicha va insonparvarlik yordami doirasida eksport qilish bundan mustasno).
2025 yil 29 yanvarda Qozog‘iston avtomobil va temiryo‘l transportida benzin va dizel yonilg‘isini eksport qilishni taqiqlagan edi. Qozog‘iston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, bunga ichki bozorda yoqilg‘i tanqisligi tahdidi sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

23:00 / 05.03.2025