AT «Aloqabank» O‘zbekistonda birinchi bo‘lib kobeydj kartalarini muomalaga kiritmoqda
AT «Aloqabank» O‘zbekistonda ilk bor 170 ta davlat va mintaqalarda, jumladan respublikamizda ham qabul qilinuvchi UnionPay – UzSard kobeydj kartalarini taqdim etadi.
Kobeydj karta – UzCard va UnionPay to‘lov tizimlarining hamkorligidagi kartasi bo‘lib, har ikki to‘lov tizimi infratuzilmasida foydalanishga mo‘ljallangan.
Kobeydj kartadagi milliy valyutadagi mablag‘lar chet elda to‘lov amalga oshirilgan vaqtda avtomatik ravishda xorijiy valyutaga konvertatsiya qilinadi.
Kobeydj kartalari chip, magnitli chiziq hamda PIN-kod kiritmasdan tovar va xizmatlar to‘lovini amalga oshirish imkonini beruvchi NFC-texnologiyasi bilan jihozlangan.
UnionPay International infratuzilmasi dunyo bo‘yicha 10 milliondan ortiq savdo-servis korxonalari va 1 milliondan ortiq bankomatlarni o‘z ichiga oladi.
AT «Aloqabank» mijozlari kobeydj kartalarining asosiy afzalligidan foydalanish imkoniyatiga ega, ya'ni chet eldagi xaridlar uchun to‘lovlarni o‘zlarining ish haqi (so‘m) kartalari orqali amalga oshirishlari mumkin.
AT «Aloqabank» tomonidan hozirgi kunda UnionPay – UzSard Classic va Gold kartalari joriy etilib, kelgusida Platinum va Diamond kartalarini chiqarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, kelgusida kobeydj kartalari foydalanuvchilari uchun quyidagi xizmatlarni joriy etish rejalashtirilmoqda:
- kartadan kartaga xalqaro pul o‘tkazmalari (P2P);
- onlayn to‘lovlar;
- keshbek.
AT «Aloqabank» tomonidan chiqarilgan kobeydj kartalarning noyob dizayni mashhur rassom Chingiz Axmarovning quyidagi asarlari asosida ishlab chiqilgan:
- «Yetti go‘zal»;
- «Toshkent-Farg‘ona raqsi»;
- «Xorazm raqsi»;
- «Halima Nosirova Shirin obrazida»;
- «Nodira portreti»;
- «Tamaraxonim»;
- «Pari»;
- «Buxoro raqsi».
Chingiz Axmarov – milliy madaniyatimizni o‘zining badiiy asarlari bilan boyitgan zamonaviy o‘zbek san'atining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Kobeydj kartalari to‘g‘risida batafsil ma'lumotni AT «Aloqabank»ning rasmiy saytida bilib olishingiz mumkin. Shuningdek, UnionPay-UzCard kobeydj kartalari to‘g‘risidagi har qanday qo‘shimcha ma'lumotni (+998-71) 230 77 77 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.
Kobeydj kartalar bo‘yicha yangiliklarni bankning telegram-kanali orqali kuzatib boring.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 19.09.2024
Aloqa Ventures Royal Taxi va Platma’ni moliyalashtiradi
12:40 / 22.07.2024
O‘zbekistonda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi
17:00 / 15.07.2024
AloqaBank 30 yillik yubileyi munosabati bilan aksiya e’lon qildi
19:03 / 27.06.2024