O‘zbekiston | 09:38 / 13.11.2018
4169
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi o‘tkaziladi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, Osiyo qit'asida inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi institutlar rahbarlari, huquqshunos olimlar va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum davomida sessiyalarga bo‘lingan ishtirokchilar tegishli mavzular bo‘yicha muloqot olib boradilar. Ularda deklaratsiyada ko‘zda tutilgan normalar, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik huquqlarining universalligi, ularning o‘zaro aloqasi, erishilgan yutuqlar va inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdagi muammolar ko‘rib chiqiladi.

Inson huquqlarini himoya qilishda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va ijro etuvchi, vakillik hamda qonunchilik hokimiyati o‘rni, inson huquqlarini ta'minlashda rag‘batlantirish, Barqaror rivojlanish maqsadlari muhokama qilinadi.

Osiyo forumi yakunlari bo‘yicha inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilmoqda. Unda davlat tomonidan xalqaro hujjatlarga muvofiq inson huquqlari va asosiy erkinliklariga rioya etish hamda himoya qilish uchun samarali tizim yaratilishi nazarda tutiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid