Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donetskda o‘tkazilgan saylovlarda Denis Pushilin g‘alaba qozondi
Foto: RIA Novosti / Stringer
Donetsk xalq respublikasida o‘tkazilgan saylovlarda Denis Pushilin g‘alaba qozondi. Bu haqda “DXR” markaziy saylov komissiyasi raisi Olga Pozdnyakova ma'lum qildi.
Avvalroq Leonid Pasechnik Lugansk xalq respublikasi rahbari etib saylangani xabar qilingandi.
Har ikki respublikadagi saylovlar 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. “DXR”dagi saylovlarda besh nafar, “LXR”dagi saylovlarda esa to‘rt nafar nomzod respublika rahbarligi uchun kurash olib bordi.
Shuningdek, har ikki respublika parlamentlariga ham saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Kiyev saylovlarga qarshi chiqdi: Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin saylovlarni “sirk tomoshasi” deb atadi va saylovlar o‘tkazilgani uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishiga va'da berdi.
Mavzuga oid
10:11 / 29.12.2025
Kosovo saylovlari: hukmron partiya g‘alaba qozondi
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
10:23 / 24.12.2025
Ukraina Donetsk viloyatidagi Seversk shahrini tark etganini tasdiqladi
19:17 / 19.12.2025