09:30 / 14.11.2018
4802

Modrich Goal talqini bo‘yicha dunyoda tengsiz deb topildi

Foto: Goal/Real Madrid TV

«Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich Goal nashri tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Sovrin uchun kurashda futbolchi Krishtianu Ronaldu («Real»/«Yuventus») va Muhammad Salohni («Liverpul») ortda qoldirdi.

Goal talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchilari:
1. Luka Modrich («Real»)
2. Krishtianu Ronaldu («Real»/«Yuventus»)
3. Muhammad Saloh («Liverpul»)
4. Kilian Mbappe («Monako»/«PSJ»)
5. Lionel Messi («Barselona»)
6. Kevin De Bryoyne («Manchester Siti»)
7. Rafael Varan («Real»)
8. Harri Keyn («Tottenhem Hotspur»)
9. Antuan Grizmann («Atletiko»)
10. Marselo («Real»)

Avvalroq, Modrich UYeFA va FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Ayni paytda u «Oltin to‘p»ga da'vogarlar ro‘yxatiga ham kiritilgan.

Mavzuga oid
Top