Jahon | 21:42 / 17.11.2018
25959
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng boy kishisi kompaniyasi vaqti kelib bankrotga uchrashini aytdi

Amazon kompaniyasining muvaffaqiyati mijozlar haqida unutish va tin olish uchun sabab bo‘lmasligi lozim, dedi kompaniya rahbari Jyeff Bezos xodimlar bilan suhbatda.

"Aslida, men bir kun kelib Amazon muvaffaqiyatsizlikka uchrashini aytmoqchiman. Amazon bankrot bo‘ladi. Agarda yirik kompaniyalarga nazar tashlasangiz, ularning umri 30 yildan sal oshadi, 100 yil emas", dedi Bezos.

Bezosning bu bayonoti kompaniyaning muvaffaqiyatga erishib turgan bir vaqtda g‘alati tuyuladi.

Keyingi sakkiz yil ichida Amazon xodimlari soni 20 baravarga ko‘paydi va 600 mingdan oshib ketdi. O‘tgan haftada kompaniya Nyu-York va Vashingtonda har birida 25 mingtadan ish o‘rni bo‘lgan ikkita shtab-kvartirasini ochishini e'lon qildi.  

Shu yilning iyulida Jyeff Bezos Bloomberg agentligining dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida 150 mlrd dollar boylik bilan birinchi o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid