Yana bir prokuror hokim bo‘ldi

20 noyabr kuni Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabariga ko‘ra, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlangan.
Endilikda shu vaqtgacha Qashqadaryo viloyati prokurori o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Yangaboy Aminovich Bobojonov To‘rtko‘l tumanining yangi hokimiga aylangan.
Yangaboy Bobojonov muqaddam Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.
U 2017 yilning dekabr oyidan buyon To‘rtko‘lga rahbarlik qilgan Ne'matulla Xudoyberganov o‘rnini egallagan. 19 yil davomida Qoraqalpog‘istonning boshqa bir tumani - Ellikqal'aga rahbar bo‘lgan (1997-2017 y) Xudoyberganovning ishdan olinishi sabablari va uning keyingi faoliyati haqida ham hozircha ma'lumot yo‘q.
Bundan avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi, asli prokuror Ulug‘bek Qosimov viloyat prokurori lavozimiga o‘tkazilgach, uning o‘rnini prokuratura tizimidan chiqqan Baxtiyor Ibatov egallagandi.
Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov ham bu lavozimigacha Qashqadaryo va Toshkent viloyatida prokuror bo‘lib ishlagan.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Bu Coca-Cola'ni kimga ulashmoqchisiz?” degan afsonaviy kampaniya dunyo bo‘ylab o‘zining zafarli yurishini davom ettirib, O‘zbekistonga yetib keldi!
O‘zbekiston | 15:00
-
Moskva aeroportlarida kollaps: dronlar hujumi tufayli aviakompaniyalar o‘nlab reyslarni kechiktirdi va bekor qildi
Jahon | 14:51
-
Sog‘liqni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari ishdan ketdi
O‘zbekiston | 14:31
-
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
Jahon | 14:16
Mavzuga oid

14:25 / 30.04.2025
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

08:34 / 20.03.2025
“Korrupsiyaviy tuynuk”larni tag-tomiri bilan yo‘q qilish choralarini ko‘ramiz - bosh prokuror

11:51 / 01.10.2024