23:00 / 20.11.2018
8474

Belgiyani aprelgacha hech kim quvib yetolmaydi

Belgiya terma jamoasi FIFA reytingida kamida 2019 yil aprel oyigacha peshqadam bo‘lib qoladi.

L’Équipe xabariga ko‘ra, belgiyaliklar terma jamoalarning 18-26 mart kunlari o‘tkaziladigan keyingi o‘yinlarigacha 1-o‘rinni hech kimga berishmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Belgiya terma jamoasi FIFA reytingida Fransiyadan atigi 1 ochko oldinda bormoqda. Uchinchi o‘rinni Braziliya terma jamoasi egallab turibdi. 

O‘zbekiston terma jamoasi 94-o‘rinda bormoqda.

Top