Dam olish kunlari sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

Foto: KUN.UZ
Shu hafta davomida O‘zbekiston hududlari bo‘yicha iliq va beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda shamol kuchayishi bilan kuzatiladi. Havo harorati kechalari 2-7 o iliq, kunduz kunlari 10-15 o iliq, yomg‘ir paytida esa 7-9 o iliq atrofida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet Kun.uz'ga xabar bergan.
Respublika hududlariga dam olish kunlari yana sovuq g‘arbiy havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Shanba kuni ba'zi joylarda sovuq harorat fonida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduz kungi harorat 5-8 o iliq, yakshanba kuni esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Lekin sovuq havo massalari ta'siri saqlanib turadi: harorat kechalari 0-3 o sovuqqacha pasayishi, kunduzgi harorat esa 8-10 o iliq atrofida bo‘ladi.
O‘tgan hafta noyabr oyi kuzda kuzgi ob-havo sharoiti noqulayligini namoyish etishda davom etdi.
Haftaning boshida respublika hududlariga Rossiyaning Yevropa hududlaridan biroz nam, lekin juda sovuq havo massalari kirib keldi. Respublika hududlari bo‘yicha biroz yog‘ingarchilik bo‘ldi, biroq havo haroratining pasayishi sezilarli bo‘ldi, ikki kun davomida harorat 12-15o iliqdan 0-3o iliqqacha pasaydi, kechalari esa termometr ustuni 4-7o sovuqqacha pasaydi. Respublika shimolida yanada sovuq paydo bo‘lgan, kechalari havo harorati 10-13o sovuqqacha pasaydi.
Hafta o‘rtasida sovuq antitsiklon O‘zbekiston hududlaridan chekina boshladi, va havo harorati asta-sekin ko‘tarildi. O‘tgan dam olish kunlarida kunduzgi harorat 13-16o iliqqacha ko‘tarildi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Endi radar orqali qayd etilgan qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jarima qo‘llanmaydi
O‘zbekiston | 15:21
-
OAV: Xomanaiy Isroil zarbalaridan bunkerda yashirinyapti
Jahon | 15:11
-
Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi ish boshladi
O‘zbekiston | 14:37
Mavzuga oid

16:47 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda

22:10 / 05.06.2025
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi

20:03 / 30.05.2025
Issiq havo qaytadi, ba’zi hududlarga sel keladi - kutilayotgan ob-havo tahlili

22:27 / 22.05.2025