Jahon | 19:02 / 20.11.2018
6447
1 daqiqa o‘qiladi

Kosovo Interpolga qabul qilinmadi

Foto: Nikolaya Ulyanova

Interpolning BAAda o‘tayotgan yig‘ilishida Kosovoni tashkilotga qabul qilish rad etildi.

Kosovoning Interpolga qabul qilinishiga ovoz bergan davlatlar 68 tani tashkil qilgan, biroq Kosovo arizasi zarur bo‘lgan uchdan ikki qism ovozni to‘play olmagan. Kosovoning qabul qilinishiga 51 davlat qarshi chiqqan, 16 davlat betaraflik bildirgan.

Serbiya, bir qator ittifoqdoshlari kabi, Kosovoni o‘z hududi deb hisoblaydi.

Biroq Interpol Vanuatu va Kiribati davlatlarini o‘z tarkibiga qabul qilib, o‘z a'zolari sonini 194 taga yetkazib qo‘ydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid