Kuz va qiş faslining sovuq kunlari boşlanişi bilan aholi va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda elektr energiyasidagi uzilişlar bilan boğliq muammolar yuzaga keladi. «KUN.UZ» saytiga kelayotgan juda köplab murojaatlarning mazmuni ham mana şu haqda.

Ayniqsa, aholi ziç yaşaydigan, vodiyning - Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida elektr ta'minoti barqaror işlamayotgani haqidagi arznomalar mintaqada mazkur muammo dolzarb ekanligini körsatmoqda.

Sarlavhadagi savolga javobni esa maqolaning söngida topasiz.

«KUN.UZ»ga kelayotgan murojaatlar

Tahririyatga kelayotgan yuzlab murojaatlarning ayrimlari bilan tanişsak: «Assalomu alaykum, KUN.UZ. Farğona viloyati, Quva tumani, «Döstlik» MFYdan murojaat qilmoqdamiz. Elektr juda köp öçyapti. Mahallamizga sutka davomida 2 soat öçirib, 1 soatdan tok berişyapti xolos. Aholiga qiyin bölmoqda. Axir, elektr tölovini vaqtida qilyapmiz-ku? Ötgan yili juda yaxşi bölgandi. Bu yil esa juda köp öçirişyapti. Bolalarning maktabga dars tayyorlaşida ham qança muammolar. Qoronğida ötirişning çegarasi bormi? Hududimiz, «Xonobod» liniyasiga ulangan».

«Andijon şahar, Andijon MFY, «GES» köçasida istiqomat qilaman. Kasbim öqituvçi. Elektr kuniga 10 soat bölmayapti. Ayni kerak paytda öçadi. Ertalab, soat  06:00da öçib, 08:00da yondi. Keyin, soat 10:00da öçirib, 12:00da berişdi.  Axir, qaysi asrda yaşayapmiz? Heç bölmasa, aholiga aniq jadvalni berib öçirişsa bölarmidi? Biror rejalaştirgan işimizni qila olmay mana yakşanbani ham ötkazdik».

«Namangan şahar, 1-kiçik dahada yaşaymiz. Murojaat yozişimning sababi, nega elektrni tinimsiz öçiraverişadi? Ba'zan ikki, ba'zida uç soat öçadi. Atay qilinayotgandek manzara. Umuman ogohlantiriş yöq. Xuddi svetofordek öçib-yonişi ham bor. Çiroqlar, maişiy texnikalarimiz kuyib ketib, yangilaşga töğri kelyapti. Tölovni öz vaqtida oldindan berayotgan bölsak, yana nega öçirişadi?».

«Bizni elektr energiyasi muammosi bir oydan buyon muntazam qiynab kelyapti. Sizlardan iltimos, muammoning yeçimi bor yoki yöqligini yoritib beringlar. Men Oxunjon Yöldoşev, Farğona viloyati, Özbekiston tumani, Obod MFY, Ibrat köçasi, 38-uyda yaşayman. Tadbirkorman. Oilaviy korxonam bor. Tozalaş vositalari işlab çiqaramiz. Bir oydan beri, elektr tokini bir sutkada rosa eng köpi 5-6 soat berişyapti xolos. Bu şaroitda umuman faoliyatimiz töxtab qolyapti. Bankdan kreditimiz bor. Işlamasak, uni qanday tölaymiz? Menga öxşagan qançadan-qança tadbirkorlar sarson, elektr tarmoqlaridan jöyali javob yöq. «Yuqoridan «öçir» desa, öçiryapmiz», deyişadi. Tadbirkorlarni qöllaş kerak emasmi?».

Ana şunday arznomalar Andijon, Farğona va Namangan viloyatining deyarli barça tumanlaridan kelib tuşmoqda.

Elektr ta'minoti korxonalari mutasaddilari nima deydi?

Biz mazkur holatlar böyiça uç viloyat hududiy elektr tarmoqlari mutasaddilaridan javob olişga harakat qildik.

Farğona viloyat hududiy elektr tarmoqlari tezkor dispetçer xizmati boşliği Dilşodbek Qodirov viloyat aholisi murojaatlariga quyidagi javobni berdi: «Sönggi kunlarda Farğona viloyatining turli hududlarida elektr ta'minotida uzilişlar bölib turibdi. Buning sababi, vodiy viloyatlariga elektr energiyasi yetkazib beruvçi IESlardagi yoqilği bilan boğliq muammolardir. Viloyat hududiy elektr tarmoqlarining vazifasi, bizga berilayotgan ma'lum birlikdagi elektr energiyasini taqsimlaşdan iborat. Ayni paytda, hududlarda 1-2 soatdan uzilişlar bölyapti.

Quva, Rişton, Özbekiston va boşqa tumanlarga beriladigan 114-liniyamizda öçişlar bölib turibdi. Lekin, 3-4 soat, davomli öçirişlar bölgani yöq. Quvvat tanqisligi va IESlardagi yoqilği tanqisligining farqi bor. Yoqilği tanqisligi butun sutkaga ta'sir ötkazadi. Ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz elektr bilan ta'minlaşga harakat qilyapmiz. Joriy yil, köp hududlarda elektr uzatiş tizimlarini, podstansiya, transformatorlarni yuqori quvvatda işlaydiganlariga almaştirib, yangilaş işlarini ham olib boryapmiz. Hozirgi kunda Farğona viloyatining bir kunlik elektr energiyasi iste'moli sutkasiga 16 mln. kVt sga teng bölyapti. Qiş kunlarida erkin iste'mol uçun 17,5 mln. kVt s kerak böladi. Tuman hokimliklariga şu kunlarda uzilişlar kuzatilişi mumkinligi haqida xabarnomalar çiqarganmiz. Biroq, bu yoqilği kamligi uçun vujudga kelayotgan vaqtinçalik holat.

Aholiga şuni aytiş mumkinki, bu muammoli holat yaqin kunlarda tiklanadi. Bu bilan, «yuz foiz öçmaydigan ta'minotga ötamiz», degan fikrni gapirişdan yiroqman. Ayrim joylarda tok öçişi mumkin. Ötgan yili qişning sovuq kunlarida muammoli holatlar kam kuzatilganini aholi yaxşi biladi. Şu kunlarda barqaror elektr ta'minotiga ötamiz».

Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi boş direktori Ahadjon Jörayev bilan  boğlanib, aholi vakillari tomonidan berilayotgan savollarga javob oldik.

«Issiq kunlardan sovuq mavsumga ötiş paytida aholi öz xonadonlarini kömir bilan emas, turli elektr asboblari bilan isitişga ötadi. Ayni paytda xuddi ana şu muammoli kunlardamiz. Bundan taşqari, yildan-yilga aholi va sanoat işlab çiqariş obektlari köpaymoqda. Demak, iste'molçilar soni ortyapti.

Ötgan yili şu kunlarda viloyat 11 mln kVt s elektr energiyasi iste'mol qilgan bölsa, bugungi kunda 13 mln. kVt s sarflanmoqda. Ikki hafta oraliğida bizga energiya yetkazib beruvçi korxonalardagi yoqilği muammosi tufayli ayni paytda ta'minotda uzilişlar bölib turibdi. Joylardagi uzilişlar tuzilgan jadvallarga asosan amalga oşirilyapti. Mazkur muammoli holatlar kundan-kunga yaxşilanib boradi. 17 noyabr kunidan ta'minotdagi rejimda ijobiy tomonga özgarişlar boşlangan», deydi mutasaddi.

Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan ham boğlandik. Şuni aytib ötmoqçimizki, viloyatning deyarli barça hududlarida tok masalasi juda katta muammo.

Viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tezkor dispetçerlik xizmati boşliği Rahmatillo Risqulov aholini qiynab kelayotgan muammoli holatlarga öz javobini berdi.

«Ob-havo harorati keskin sovuşi oqibatida aholi va ijtimoiy-iqtisodiy obektlarda elektr energiyasiga bölgan talab birdaniga oşib ketdi. Oktyabr oyining oxirida biz viloyatga heç qanday çeklovlarsiz, 9,5 mln kVt s energiya taqsimlayotgan edik va muammo yöq edi. Aholi va korxonalarda elektr bilan isitiş qurilmalari borligi sir emas. Barça sohalar birdaniga elektr bilan isitişni boşlagaç, viloyatga ajratilgan limit yetmay qoldi.

Bu esa tizimdagi barqarorlikka ta'sir ötkazdi. Biz ayni paytda sutkasiga limitga nisbatan ortiği (perebor) bilan işlayapmiz. Mana, 18 noyabr kuniga Namangan viloyati aholi va xalq xöjaligi obektlariga ajratilgan limit miqdori 10 mln 962 kVt s bölişiga qaramasdan,  çeklovlar kiritilgan holatda 11 mln 522 kVt s elektr energiyasi uzatildi. Ayni paytda, dalalarda ekilgan buğdoyni suğoriş işlari ham olib borilmoqda. Mazkur jarayonda suğoriş nasoslarini ham uzluksiz energiya bilan ta'minlaş harakatidamiz. Yirik işlab çiqariş korxonalariga ikkita liniya tortilgan bölib, imkon qadar bitta liniya ta'minoti saqlanib turibdi.

Hozirda viloyatga energiya yetkazib beruvçi korxonalardagi yoqilği muammosi hal etilmoqda. Tez kunlarda elektr bilan ta'minlaş barqaror rejimga ötadi», deydi u.

«Jurnalistça» tahlil

Hayotimizning har jabhasi elektr energiyasiga boğliq bölib qolgani bor gap. Energiyasiz kundalik turmuşni tasavvur qilişning özi qiyin. Tok öçişi, deyarli barça sohalarga salbiy ta'sir ötkazadi. Şahar va qişloq joylarda iş yuritayotgan tadbirkorlar esa alohida mavzu.

Aholi vakillari tomonidan qilingan qönğiroqlarda «Heç bölmasa, tok qaçon öçişi haqidagi aniq jadvalni OAV orqali e'lon qilişsa, yumuşlarni rejalaştirib olar edik», degan e'tirozlar köp uçraydi. Vodiyning ikki viloyati mutasaddilari bu masala haqida gapirgan bölsada, aniq jadvalning özi yöq. Bölsa ham, joylarda bu hujjatga umuman amal qilinmayapti.

Vodiy ahli keyingi yil dekabr oyida birinçi energobloki işga tuşadigan Töraqörğon IESga katta umid boğlab turibdi. Lekin, bu yilgi qiş mavsumidan ötib oliş kerak.

Yuqorida, mutasaddilar tomonidan berilgan javoblarga qoniqiş hosil qilmagan bölsangiz kerak.

Sababi, aniq...

Birinçidan, respublikamizdagi barça hududiy elektr tarmoqlari taşkilotlari, şu jumladan, vodiyning uç viloyatidagi korxonalar ham YuQORIDAN BeLGILANGAN LIMIT doirasida aholi va xalq xöjaligiga elektr energiyasi taqsimlovçi muassasalardir. Bir söz bilan aytganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari elektr energiyasini «Özbekenergo» DAKning «Energosotiş» filialidan sotib oluvçi, iste'molçilarga taqsimlovçi va yetkazib beruvçi viloyatlardagi yagona monopol korxonadir.

Demak, muammoning hal qiluvçi taşkilot «Özbekenergo». Energiya işlab çiqaruvçi stansiyalarning yoqilği bilan bölgan muammosi hal qilinişi, viloyatlarga erkin çeklovlarsiz elektr energiyasi yetkazib beriş uçun limitni köpaytiriş zarur.

Ikkinçidan, ötgan yilgi qiş mavsumida Qirğiziston respublikasidan 2 milliard kVt s miqdorida elektr energiyasi sotib olingani vodiy viloyatlarida tizim barqaror işlaşiga yordam bergan ekan!

Mutasaddilar esa şu kunlarda yaxşi tomonga siljiş bölişi bildirişdi. Qani, kutamiz.

P/S. Maqolani yozişga ötirib, qoq yarmiga kelganimda xonamda ham çiroq öçib, 60 daqiqada yondi.

P/S-2. Kelgusida sayt tahririyati «Özbekenergo» rahbari bilan intervyu uyuştirişni maqsad qilgan.

Elmurod Ermatov,
KUN.UZ vodiy muxbiri