Safar doirasida Özbekiston Boş konsulxonasi kömagida "Özbekiston (Andijon) – Xitoy (Guandun)" biznes-forumi taşkil etildi.

Unda Xitoyning mebelsozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, logistika, quriliş materiallari va qadoqlaş mahsulotlari işlab çiqariş va boşqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yetakçi kompaniyalari vakillari qatnaşdi.

Andijon delegatsiyasi a’zolari tomonidan ötkazilgan taqdimotda mazkur hududning iqtisodiy salohiyati, drayver sohalari, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, jumladan, xitoylik tadbirkorlar uçun taşkil etilgan maxsus sanoat parklari töğrisida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida ikki tomonlama muzokaralar taşkil etildi. Unda xorijiy kompaniyalar vakillari bilan Andijon viloyatida misni qayta işlaş, mebel jihozlari, elektrotexnika va avtomobil ehtiyot qismlarini işlab çiqariş, şuningdek, logistika markazi va sanoat parkini barpo etiş kabi loyihalarni amal oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Özbekiston vakillari safar davomida 37-Kanton körgazmasida iştirok etdi. Delegatsiya vakillari zamonaviy texnologiya va innovatsion yeçimlar bilan tanişdi. Şuningdek, körgazma maydonida tekstil sanoati, mebelsozlik, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bilan samarali muzokaralar ötkazildi.