Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi
Andijon viloyatida Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib, Damas’ga urildi.
Viloyat YHXB ma’lumot berishicha, holat 12 may kuni soat 15:10 larda Andijon shahar Y.Otabekov, Mustaqillik hamda Boburshoh ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan.
Mustaqillik ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan X.G. boshqaruvida bo‘lgan Equinox’da, Y.Otabekov ko‘chasidan kelayotgan Wolkswagen tez yordam avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, qatnov qismining chetida turgan Damas avtomashinasiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, avtomashinalar texnik shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026