Odil Ahmedov O‘zbekistonga qaytishi va Babayan murabbiyligidagi terma jamoaga yetishmagan jihat haqida gapirdi
«Shanxay SIPG» yarimhimoyachisi Odil Ahmedov O‘zbekistonga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi. U KUN.UZ bilan suhbatda O‘zbekiston chempionatiga qaytgan taqdirda qaysi klub libosini kiyishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rmaganini aytib o‘tdi.
«Bularning hammasi mish-mish. Hali bir yil shartnomam bor, buni o‘zim bekor qila olmayman. Shuning uchun hali qaysi jamoada to‘p surishimni o‘ylab ham ko‘rganim yo‘q», dedi Odil Ahmedov.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori, shuningdek, Samvel Babayan qo‘l ostida JCh-2018 saralashining muvaffaqiyatsiz yakunlanganiga ham izoh berib o‘tdi.
«Samvel Babayan boshchiligida vaziyatlarga so‘nggi nuqtani qo‘yadigan futbolchilar yetishmadi. Chunki yaxshi futbolchilar yig‘ilgandi, harakat qildik. Oxirida bitta gol yetishmadi. Shuning uchun ham Jahon chempionatidan qolib ketdik», - deydi Ahmedov.
Intervyuning to‘liq varianti bilan KUN.UZ`ning YouTube va Mover`dagi kanallarida tanishishingiz mumkin.
Video: Tas-IX
Video: Youtube.com
Mavzuga oid
14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi
13:00 / 12.11.2022
Poytaxt klublarining 21 yillik hukmronligi davom etadimi? Toshkentda derbi, Kapadze – Berdiyev, Qosimov Babayanga qarshi
19:03 / 14.09.2022
O‘FA jurnalistga tazyiq o‘tkazgan Samvel Babayanga chora ko‘rdi
16:54 / 12.09.2022