Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi ma'lumotiga köra, turğun ifloslantiruvçi taşlamalar manbalari orasida neft-gaz qazib oluvçi va qayta işlovçi korxonalar birinçi örinni egallab, umumiy sanoat taşlamalarining 46 foizidan ortiği uning uluşiga töğri keladi. Bular asosan (44 foiz) uglevodorodlar bölib, ikkinçi örinda elektroenergetika (20,7 foiz) sohasiga töğri keladi.
Joriy yilning 21 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi «SovPlim» qöşma korxonasi bilan hamkorlikda «Atmosfera havosiga sanoat korxonalaridan taşlanayotgan ifloslantiruvçi moddalardan tozalaşning ilğor tizimlari» mavzusida seminar ötkazişdi.

Ma'lum qilinişiça, atmosfera havosiga turğun manbalardan taşlanadigan barça ifloslantiruvçi taşlamalarning 17 foizi metallurgiya sanoatiga töğri kelib, Olmaliq toğ-kon metallurgiya kombinati respublika böyiça atmosfera havosini ifloslantiruvçi (15,3 foiz) eng yirik korxona hisoblanadi.
Seminarda, şuningdek, Özbekiston Respublikasining BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Havoning katta masofalarga transçegaraviy ifloslanişi töğrisidagi Konventsiyaga qöşilişi jarayonlarini jadallaştirişning, öz navbatida mazkur BMT komissiyasiga a'zo mamlakatlar mintaqasida atmosfera havosini muhofaza qiliş işlarida Özbekiston Respublikasining faol iştirokining muhimligi töğrisida ta'kidlab ötildi.

Şu bilan birga muammoli masalalarga ham töxtalib ötildi, xususan, Özbekistonda qariyb 5 ming dona çang-gaz uşlab qoluvçi qurilmalarning işdan çiqqanligi, ularning zamonaviy talablarga javob bermasligi sababli past samara (69,4 foiz) bilan işlab kelişi aytildi. Ifloslantiruvçi moddalar taşlamalarining turğun manbalari eskirgan usullar yordamida nazorat qilinadi. Ta'kidlanişiça, nazorat işi asosan namunalarni oliş va tahlil qilişdan iborat.
Bundan taşqari, ifloslantiruvçi moddalar taşlamalari manbalarida texnologik jarayonlarni nazorat qiliş hamda yoqilği-energetika resurslarini tejaş imkonini beruvçi avtomatlaştirilgan nazorat tizimi sust joriy etilmoqda.
Yuqorida bayon etilgan sohadagi ayrim masalalarni hal etişda qöşma korxonalar taklif etayotgan yeçimlarni körib çiqiş muhimligi ta'kidlandi. Negaki, işlab çiqaruvçi korxonalar ventelyatsiya, havoni tozalaş, aspiratsiya va çanglarni yöqotiş, atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda uni nazorat qiliş tizimlari uçun ilğor texnologiyalarni taqdim etişi mumkin.












