«SCORPION» haqida eshitganmisiz? Filmni kinoteatrda tomosha qilish uchun 5ta sabab
Internet tarmoqlarida 2018 yilning eng uzoq kutilgan – «SCORPION» badiiy filmi treylerining qisqa tizeri ham joylashtirildi. Joriy yilning 27-30 noyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «PROlogue» Xalqaro kinofestivalini kinorejissyor Muxlisa Azizovaning ushbu filmi ochib beradi.
1. Bunday yirik masshtabdagi kinoloyiha O‘zbekistonda birinchi bor amalga oshirildi. Asosiysi – original syujyet va ssenariy. Mazkur filmda aksariyat o‘zbek filmlari uchun odatiy bo‘lib qolgan sevgi iztiroblari, qaynona-kelin munosabatlari va boshqa maishiy mavzulardan voz kechilgan. Portlashlar, avtohalokatlar, otishma va poygalar, maxsus operatsiya va jinoyatchilarning maxfiy yig‘inlari, harbiylar, vertolyot va snayperlar – bularning hammasi filmga o‘zgacha ruh bag‘ishlaydi.
2. Taniqli aktyorlar jamoasi. Filmda Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist, «Brigada» serialidagi roli bilan tanilgan Farhod Mahmudov, «Osiyo Oskari» mukofotiga nomzodlar safida short listga kirgan Karim Mirhodiyev, taniqli va sevimli aktrisamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra'no Shodiyeva kabi taniqli aktyorlar hamda yosh, umidli aktyorlar Yulduz Rajabova va Akbarxo‘ja Rasulovlar ishtirok etishdi. Shuningdek, o‘zbek tomoshabinlariga «Osiyo» filmidagi Demir roli orqali yaxshi tanish bo‘lgan Murat Yildirim (u «Buyuk yolg‘on», «Bo‘ron», «Muhabbat va jazo» singari turk seriallarida ham suratga tushgan), Rossiya Federatsiyasi kino olamida taniqli bo‘lgan Vyacheslav Razbegayev ham kartinada turli obrazlarni yaratishgan.
3. Gollivudcha sifat. Tasvir va ovoz uyg‘unligi, maxsus effektlar, tasvirga olish ishlari kechgan Marokash, Kasablanka, Rossiya, Sankt-Peterburg, O‘zbekiston, Buxoro kabi kino lokatsiyalar sizga Gollivud filmlarini eslatib yuborsa ajab emas.
Filmning asosiy ssenariy muallifi sifatida amerikalik kinodramaturg, qator mashhur loyihalar muallifi Bob Andervud nomi ham sizga ko‘p narsani va'da qiladi.
Film operatori – germaniyalik taniqli ijodkor Maks Ttsui. Ovoz ustida ishlash jarayoni «Mosfilm» kinokonserni mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. «Legenda 17», «Dvijyeniye vverx», «Viking» kabi filmlarining rang-tasvir ishlarini amalga oshirgan Moskvaning «Color Kitchen» kompaniyasi hamkorligida olib borildi.
Kartinani ovozlashtirish ustida amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua ishladi. U «Born ustunligi» (Prevosxodstvo Borna) va «Ilk qasoskorlar» (Pervyye mstitel) filmlarida ham bu vazifani a'lo darajada amalga oshirganligi bilan mashhurdir.
4. Chiroyli tasvir va ovoz. Sahnaga olish jarayonlari O‘zbekiston, Rossiya va Marokashning go‘zal va betakror shaharlarida amalga oshirilgan. Filmning saundtrekini mashhur qo‘shiqchi, Rossiya xalq artisti Valeriya ijro etdi. Valeriya – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi madaniyat va san'at kengashi a'zosi, 13 marta «Zolotoy grammofon», 4 marta «Muz-TV» va boshqa ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
5. Shoshiling! Chipta olish uchun uzundan-uzoq navbatda turib qolish ehtimolingiz bor. Ma'lumotlarga ko‘ra, «SCORPION» trillerining treyleri ikki kun ichida bir million martadan ortiq tomosha qilindi. Minglab izohlar, yuzlab repostlar va million kishilik auditoriya – film namoyishi muvaffaqiyatli o‘tishidan dalolat bermoqda.
«SCORPION» 1-dekabrdan boshlab mamlakatimizning barcha katta ekranlarida namoyish etiladi. Kinoteatr kassalariga shoshiling!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
07:57 / 11.04.2023
Parijda O‘zbekistonda suratga olingan tarixiy ovozsiz filmlar namoyish etildi
11:07 / 27.02.2023
«Navalniy» filmi Amerika prodyuserlar gildiyasi mukofotiga sazovor bo‘ldi
12:14 / 02.01.2023
“Profession de fua” – yarim asrdan beri ekranlardan tushmayotgan Ivan Vasilevich
15:16 / 04.09.2022