Coca-Cola fondi qishloq hududlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashga ko‘maklashmoqda
Coca-Cola jahonning ko‘plab davlatlari oldida umumiy 1 mlrd AQSh dollarini tashkil etuvchi uzoq muddatli ijtimoiy majburiyatlarni zimmasiga olgan bo‘lib, bu mamlakatlar ruyxatida O‘zbekiston ham bor.
Coca-Cola prezidenti Jyeyms Kuinsi joriy yilning oktabr oyidagi rasmiy murojaatida Coca-Cola`ning xayriya maqsadida qilgan sarflanmalari jami 1 mlrd dollardan oshganini ta'kidlagan. Fond o‘zining 30 yildan ortiq muddatni qamrab oluvchi faoliyati davomida dunyoning 200dan ziyod mamlakatlarining 655 million nafar fuqarolariga foyda keltirgan turli xil xayriya loyihalarga jami 1 mlrd. dollardan ortiq miqdorda moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Ushbu loyihalar doirasidan O‘zbekistondagi dasturlar ham o‘rin olgan.
90-yillar boshida Coca-Cola, bozordagi moliyaviy holatdan qat'i nazar, ijtimoiy va xayriya loyihalarga muntazam ravishda mablag‘ o‘tkazib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Shu bois kompaniya har yillik operatsion daromadining bir foizi miqdoridagi mablag‘lar hisobiga tashkil etilgan o‘z xayriya fondiga asos soldi.
Bugungi kunda mazkur jamg‘arma ekologik muammolarni hal etish, qishloqlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona foydalanish, shuningdek, atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq muammolar, ayollar xuquqlarini himoya qilish hamda yoshlar ta'limi tizimiga yunaltirilgan loyihalarga grantlar ajratmoqda.
O‘zbekistonda Coca-Cola fondi barqaror rivojlanish loyihalarini amalda tatbiq etish doirasida BMT Taraqqiyot dasturi bilan 8 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida jamg‘armaning moliyaviy yordami asosida BMT Taraqqiyot dasturi loyihalarni amalga oshirishga 500 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘larni yo‘naltirdi.
Grantlar Markaziy Osiyoda dolzarb muammolardan biri bo‘lgan suv tanqisligi muammosini hal etishga qaratildi.
Shu jumladan, suvni daryolardan, qo‘shni qishloqlardan tashib kelgan Samarqand va Navoiyning chekka hududlarida yashovchi aholi uchun toza ichimlik suvlarni yetkazish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi (suv quvurlari o‘tkazildi, nasos va tozalash tizimlari o‘rnatildi).
Bugungi kunda shunday xududlarda yashovchi 19 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
Samarkand viloyatining Pastdarg‘om, Navoiy viloyatining Karmana tumanlari xududlarida yerlarni sug‘orishda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi, bu esa o‘z navbatida Pastdarg‘om tumani fermerlarining yiliga bir yarim million kub metr suvni, Karmana tumani fermerlariga esa bir daladan 53820 kub metr suvni tejash imkonini yaratdi.
Mamlakatimizda ayollarning iqtisodiy jihatdan himoyalanganlik darajasini mustahkamlash maqsadida, Samarqand viloyati qishloqlarining birida gilam to‘qish ustaxonasini tashkil etish yuzasidan loyiha amalga oshirildi. Dastlab ayollar o‘z kuchlari va loyihaning hayotiyligiga ishonishmagani tufayli ishtirok etishdan cho‘chishdi. Biroq BMTning Taraqqiyot dasturi xodimlarining professional yondashuvi o‘z samarasini berdi va 50 nafardan ortiq xotin-qizlar kasb hamda barqaror daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Hozirda ular o‘z bilim va mahoratlarini o‘z xududlari hamda yaqin qishloqlarda yashovchi xotin-qizlarga ham ulashib kelmoqdalar.
Qayd etish lozimki, amalga oshirilgan barcha loyihalar iqtisodiy barqaror bo‘lib, ijobiy ta'sir doirasi yildan yilga ortib bormokda.
Coca-Cola kompaniyasining eng ustuvor yunalishlaridan biri – jamiyat hayot tarzini hamda farovonligini yaxshilash va shu orqali dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishdir. Bunda Coca-Cola fondi filantropik bo‘g‘im hisoblanadi.
Coca-Cola kompaniyasining daromadi bevosita aholi farovonligi bilan bog‘lik bo‘lib, erishilgan foyda qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyat uchun Coca-Colaning barqaror loyihalarni amalda qo‘llash imkoniyati ham shunchalik baland bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:51 / 25.01.2021
Aksilkorrupsiya agentligi «Coca Cola Ichimligi»ni xususiylashtirish bo‘yicha tenderni to‘xtatishni talab qildi
18:55 / 18.01.2021
Sayyorani eng ko‘p «ifloslantiruvchi» kompaniyalar ma'lum qilindi
23:55 / 30.12.2020
Coca-Cola Uzbekistan’dagi davlat ulushini sotib olish uchun 3ta taklif tushgani ma'lum qilindi
10:54 / 18.12.2020