Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Navoiy shahrining 60 yilligi munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi va Navoiy shahrining 60 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlari va jamoatchilik faollaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni imzolandi. Hujjat matni O‘zAda e'lon qilingan.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni samarali amalga oshirish hamda respublikamizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi va Navoiy shahri alohida o‘ringa ega.
Mustaqillik yillarida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi dunyoning ilg‘or kon-metallurgiya sanoati kompaniyalari qatoridan munosib o‘rin egallab, mintaqadagi eng yirik va ishonchli sanoat gigantlaridan biriga aylandi.
Ko‘p millatli Navoiy shahri aholisining fidokorona mehnati bilan hududda faoliyat ko‘rsatayotgan metallurgiya, yoqilg‘i-energetika, kimyo, yengil sanoat tarmoqlari, kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari hamda ijtimoiy soha obektlarida qo‘lga kiritilayotgan yutuq va marralar respublikamizning umumiy taraqqiyot sur'atlarini oshirishda katta hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, kon-metallurgiya sanoatini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, murakkab ish va iqlim sharoitlarida yer osti boyliklarini samarali o‘zlashtirish, tarmoqning barqaror ishlashini ta'minlash, yangi sanoat korxonalarini tashkil etish borasidagi ulkan xizmatlari, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, Navoiy shahrining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi»
Lopatin Yuriy Sergeyevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi «Muruntov» koni konchilik-transport uchastkasi boshlig‘i
Samatov Karim Djalalovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi 2-Gidrometallurgiya zavodi sorbtsiya va regeneratsiya sexi katta ustasi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»
Bazarova Saodat Djamalovna - Navoiy davlat konchilik institutining ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Raxmatov Isroil Kurbanovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi
Urdabayev Norkuzi Egamberdiyevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 5-Kon boshqarmasi bosh muhandisi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Atabayev Begmat Shermatovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Janubiy kon boshqarmasi «Zarmitan» koni boshlig‘i
Boboqulov Qodir Toshovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 5-Kon boshqarmasi 3-geotexnologik koni burg‘ilash uskunasi mashinisti
Gafurov Kaxramon Ubaydullayevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Shimoliy kon boshqarmasi 3-Gidrometallurgiya zavodi direktori
Rudnev Sergey Vyacheslavovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh geologi
Eshkuvatov Xolboy Abdirazakovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Janubiy kon boshqarmasi «G‘ujumsoy» koni lahmchisi
«Do‘stlik» ordeni bilan
Zolotaryov Yuriy Petrovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Shimoliy kon boshqarmasi direktori
Ibragimov Hamdam Meyliyevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi «Muruntov» koni burg‘ilash uskunasi mashinisti
Korjikova Inna Ivanovna - O‘zbekiston rus madaniy markazining Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari
Muminov Baxritdin Raimovich - Navoiy shahridagi «Baxt-tekstil» mas'uliyati cheklangan jamiyati ta'sischisi
Salaxayev Ildar Raxmatullayevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi markaziy ta'mirlash mexanika sexi ta'mirlovchi-chilangari
Xo‘janazarov Rashid Mavlyanovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi boshlig‘i
Tsoy Yelena Valentinovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining tibbiy-sanitariya bo‘limi shifokor-kardiologi
Shakarov Yarkin Ismatovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Janubiy kon boshqarmasi direktori
«Shuhrat» medali bilan
Abdullayev Maxsatjan Muminovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi tashqi suv ta'minoti birlashgan energiya xizmati sex ta'mirlovchi-chilangari
Azizov Karimjan Ganiyevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bosh muhandisi
Arapbayev Atabek Tayirovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi avtomobil transporti boshqarmasi kon ishlarini mexanizatsiyalash sexi boshlig‘i
Achilov Temur Kuvatovich - Navoiy shahridagi «Nurchilar» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi
Achilova Shahnoza Absamatovna - Navoiy konchilik kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi
Gorbachyov Dmitriy Petrovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 1-Gidrometallurgiya zavodi kon boshqarmasi «Aristantov» kareri ekskavator mashinisti
Jalilov Isrofil Islamovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi 2-Gidrometallurgiya zavodi tayyor mahsulot sexi qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi
Jilina Valentina Ivanovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasiga qarashli 4-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi
Yo‘ldoshev Utkir Uktamovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining konchilik bo‘limi boshlig‘i
Mavlonov Mirsayit Saydaliyevich - Navoiy shahridagi «Hayot» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi
Madaliyev Xamdam Kenjayevich - «Nuroniy» jamg‘armasining Navoiy shahar bo‘linmasi faoli
Maxamatov Umar Usmonkulovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Shimoliy kon boshqarmasi «Sharqiy» ochiq usulda qazib olish koni ekskavator mashinisti
Po‘latov Sirojiddin G‘aybullayevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 1-Gidrometallurgiya zavodi kon boshqarmasi 3-texnologik sexi boshlig‘i
Radjabov Sanjar Abdulloyevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining yoshlar yetakchilari Kengashi raisi
Rasulov Sohibjon Raximovich - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish navbati boshlig‘i
Raxmanov Faxriddin Egamovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi sex boshlig‘i o‘rinbosari
Raxmatova Maxfuza Axmedovna - Navoiy viloyati nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazi katta hamshirasi
Toshov Istam Shuxratovich - «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining issiqlik avtomatikasi va o‘lchash sexi yetakchi muhandisi
Shaqulov Nurmurot Islamovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Zarafshon qurilish boshqarmasi 4-avtokorxonasi haydovchisi
Shodmonov Alisher Obloqulovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasiga qarashli «Lochin» sport majmuasining dzyudo bo‘yicha murabbiysi
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026