Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘ztransgaz»da 2 yil ichida to‘rtinchi rahbar ishdan ketdi
«O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sharifjon Ahmedovich Tursunov vazifasidan ozod etildi. Kompaniya matbuot xizmati ushbu ma'lumotni «Kun.uz»ga tasdiqladi.
Sharifjon Tursunov bu lavozimga 5 iyun kuni tayinlangan edi.
Foto: Xalqaro press-klub
Ayni vaqtda uning ishdan olinishi sababi ma'lum emas. Shuningdek, kompaniyaning yangi rahbari kimligi ham noma'lum.
Qayd etish kerakki, kompaniyada 2016 yil dekabridan buyon to‘rtinchi marta rahbar o‘zgarishi bo‘lmoqda.
O‘z vaqtida bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan Ergash Shoismatov 2016 yil dekabrida «O‘ztransgaz»ga rahbar bo‘lgandi.
2017 yil avgustida Shoismatov O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi etib tayinlangach, uning o‘rnini Alisher Mustafoyev egallagandi.
2018 yil iyunida esa Mustafoyev o‘rnida Sharifjon Tursunov ish boshlagandi.
Mavzuga oid
12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi
17:00 / 27.12.2024
Gazlidagi boshqarma sexida yangi dvigatel o‘rnatildi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
19:00 / 19.08.2024