MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev yana pichoqlandi

Bugun, 26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent» savdo markazi (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Ayni vaqtda sportchi Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.
Huquq-tartibot organlaridagi manbaning tasdiqlashicha, ayni vaqtda bu holat bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari olib borilishi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Murod Xonto‘rayev shu yilning 21 iyuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumani hududidagi tungi klubda ro‘y bergan mojaro ishtirokchisi bo‘lgan, u ko‘krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. U keyinroq shifoxonadan militsiyaga so‘roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi.
Sud uni JK 277-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan bezorilik sodir etilishi) bo‘yicha aybdor deb topdi («Osiyo ayig‘i» laqabi bilan mashhur Murod Xonto‘rayev ilgari ham sudlangan).
Avvaliga unga 3 yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi. 12 oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida Murod Xonto‘rayevga jarima tarzidagi jazoni qo‘lladi. Sportchi EKIHning (172 240 so‘m hisobida) 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 so‘m) to‘lab, ozodlikka chiqdi.
Ma'lumot uchun, Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ayni paytda u Toshkent shahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialining 3-kurs talabasi hisoblanadi. Oilali va ikki nafar farzandi ham bor.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

14:46 / 06.01.2022
Murod Xonto‘rayev o‘limi bo‘yicha ochilgan ish tugatildi. Gentra’ga yetkazilgan zarar sug‘urta hisobidan qoplanadi

13:26 / 19.07.2021
MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatda vafot etdi

16:45 / 13.08.2019
Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan shaxslarga sud hukmi e'lon qilindi

08:55 / 02.05.2019