Kundan kunga mamlakatimizda bank sohasida mijozlarga yuqori malakali xizmat körsatiş, xalqaro tölov tizimlari orqali ekvayring imkoniyatlarini yaratiş böyiça yangi imkoniyatlar va izçil harakatlar olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib, Özbekistonda 200 mingdan ortiq tölov terminallari (POS-terminallar) qayd etilgan bölib, barçasi Uzcard kartalariga xizmat körsatib kelmoqda. Hozirda "Asaka" bankining POS-terminallari orqali Mastercard xalqaro tölov tizimiga tegişli kartalarni qabul qiliş uçun texnik va yuridik imkoniyatlar amalga oşirilgan.

Uzcard tizimida Mastercard kartalari iştirokida “Asaka” bankiga tegişli bölgan POS-terminal orqali amalga oşirilgan ilk tölov amaliyoti esa qisqa davr içida mamlakatimizda uşbu xalqaro tölov tizimiga tegişli plastik kartalariga xizmat qiluvçi tölov nuqtalar soni oşib borişidan dalolat beradi. Ta'kidlaş joizki, avvalroq, Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan texnik imkoniyatlarning yaratilganligi loyiha rivojlanişiga asos bölib xizmat qildi.

Jumladan, Mastercard xalqaro tölov tizimiga tegişli kartalar iştirokida ekvayringni taşkillaştiriş loyihasini amalga oşiriş davomida Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari tomonidan bosqiçma-bosqiç işlar va bir qator asosiy vazifalar bajarildi. Uşbu loyihani 2016 yilda amalga oşiriş boşlangan bölib, bugungi kunga kelib bizning hududga Mastercard xalqaro tölov tizimini joriy etiş böyiça quyidagi texnik jarayonlar bajarilib kelindi:

• Mastercard kartalari orqali tölovlarni qabul qiliş imkoniyatini yaratiş uçun Mastercard xalqaro tölov tizimida (ICA) bank tomonidan xalqaro identifikatsion raqam qabul qiliş;

• Mastercard tölov tizimida bankning litsenziyalanişi uçun loyihaning Boş rejasini işlab çiqiş;

• Aloqasiz interfeys orqali Mastercard kartasini qabul qiluvçi tölov qurilmalarining sertifikatsiyasi;

• Xalqaro tölov tizimlari standartlari doirasida POS va ATM-qurilmalari uçun “Asaka” bank tomonidan bajarilişi majburiy bölgan sertifikatsion testlar (NIV-offline, NIV-online);

• Xalqaro tölov tizimlari standartlari doirasida POS va ATM-qurilmalar uçun “Asaka” bank tomonidan bajarilişi majburiy bölgan sertifikatsion testlar (M-TIP);

• Mastercard xalqaro kartalari orqali tölovlarni amalga oşiriş uçun banklarning POS va ATM- tölov qurilmalarining dasturiy ta'minotini yangilaş.