Xalqaro hamkorlik taşabbuslari haftaligi doirasida Özbekistonda makroiqtisodiy vaziyat va moliya sektorining rivojlaniş istiqbollari sessiyasi bölib ötdi. Unda iştirok etgan Mastercard'ning Markaziy Osiyo böyiça hududiy menejeri Çengiz Aydin Kun.uz'ga kompaniyaning Toşkentdagi vakolatxonasi haqida gapirib berdi.
“Biz ötgan yili Özbekistonda rasmiy ofisimizni oçdik. Hozir unda 6 nafar xodim işlaydi. Biz bu yerda ösib boryapmiz. Mastercard hamma davlatda ham rasmiy vakolatxonasini oçavermaydi. Agar biz qaysidir mamlakatda rasmiy vakolatxonamizni oçsak, bu öşa mamlakat biz uçun nihoyatda muhimligini anglatadi. Özbekistonda ofis oçganimizdan keyin u tez ösa boşladi, şu sababli biz özbekistonlik talantlarni jalb qila boşladik. Bundan taşqari, bu yerda özbek mijozlari va manfaatdor tomonlarga yordam beriş uçun maslahat guruhimiz bor. Şuningdek, Istanbulda yirik markazimiz bor, u mintaqaviy vakolatxona hisoblanadi. Men öşa yerda işlayman. Lekin biz Özbekistonda mahalliy iştirokimizni oşirişni xohlaymiz”, – deydi u.

Çengiz Aydinning sözlariga köra, Mastercard Özbekistonda amalga oşirayotgan va rejadagi köplab taşabbuslari bor: kiçik va örta fintex biznesni rivojlantiriş, moliyaviy inklyuzivlik, moliyaviy savodxonlik va kiberxavfsizlikni qöllab-quvvatlaş şular jumlasidan.
“Bular davom etayotgan loyihalar bölib, bir martalik emas. Biz manfaatdor tomonlar, hukumat, Markaziy bank bilan işlayapmiz: 2 yil ilgari Markaziy bank bilan raqamli tölovlarning barça jihatlarini qamrab olgan memorandum imzolaganmiz. Bizda katta dastur bor ”, – deydi xalqaro kompaniya vakili.
Uning sözlariga köra, bular orasida eng muhim va dolzarb yönaliş kiberxavfsizlik, çunki u odamlarning tizimga işonçini ta’minlaydi.
“Birinçi navbatda bizga işonç kerak. Işonç bölişi uçun esa bizda mustahkam raqamli tizim, kiberxavfsizlik bölişi kerak va buning uçun xususiy banklar, tartibga soluvçi organ va biz kabi xalqaro kompaniyalar örtasida mustahkam hamkorlik zarur. Bizda esa xalqaro tajriba bor va uni olib kela olamiz. Şunday qilib, men öz nutqimda aytib ötganimdek, biz banklar, Markaziy bank bilan bir neçta seminarlar ötkazdik, mahsulotlar va yeçimlarimizni taklif qildik. Şunga qaramay, har qanday davlat özining biror sohadagi irodasini rivojlantirişi vaqt masalasidir. Öylaymanki, Özbekiston, yuqorida aytib ötganimdek, katta işlarni amalga oşirmoqda, şuning uçun ham ular global kiberxavfsizlik indeksida öz örnini oşirmoqda. Ammo hali qilinadigan işlar köp”, – dedi kompaniya vakili.












