19 oktyabr kuni Toşkentdagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida Ipak yöli mamlakatlari direktorlarining II Xalqaro biznes sammiti bölib ötadi. Bu Markaziy Osiyodagi asosiy biznes tadbir bölib, kompaniya rahbarlari va biznes egalarini ilğor tajriba va eng yaxşi amaliyot almaşiş uçun birlaştiradi.
Bu yil Sammit xalqaro investitsiyalarni jalb qiliş, IPO, Kuzatuv kengaşlari va direktorlar kengaşlarini professionallaştiriş, şuningdek, yangi iqtisodiyotda kompaniyalar va moliya institutlarini raqamlaştiriş masalalariga bağişlanadi. Tadbirda top-menejyerlar, yirik mahalliy, mintaqaviy va xalqaro kompaniyalarning egalari, davlat sektori vakillari va global ekspertlar iştirok etib, Markaziy Osiyo, Kavkaz va MENA mamlakatlari iqtisodiyoti va boşqaruvini özgartiriş bilan boğliq dolzarb tendensiyalar va muammolarni körib çiqadilar.
Sammitning asosiy maqsadi biznes, direktorlar, mulkdorlar, investorlar va davlat örtasidagi özaro hamkorlik uçun xalqaro platformani yaratişdan iborat bölib, u iştirokçi mamlakatlar iqtisodiyotida rejalaştirilgan özgarişlarga öz hissasini qöşadi.
Sammit Ipak yöli mamlakatlarida korporativ boşqaruv instituti va direktorlar kengaşi (SR BGI) tomonidan Professional direktorlar assotsiatsiyasi (APD) va TEAM universiteti bilan hamkorlikda Mastercard, Arthur Consulting, CROS, FDG va boşqa taşkilotlar kömagida taşkillaştirilmoqda.
Sammit dasturi bugungi kunda mintaqa mamlakatlari iqtisodiyoti va biznesi duç kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda işlab çiqilgan. Panel sessiyalarda ekspertlar quyidagi mavzularni muhokama qiladilar:
- Davlat, biznes va korporativ boşqaruv: yangi imkoniyatlar va öyin qoidalari;
- Direktorlar kengaşlarini şakllantiriş: rasmiyatçilikdan qadriyatgaça;
- “Yangi iqtisodiyot” va boşqaruvga yangi yondaşuvlar.
Sammitning asosiy ma’ruzaçilari:
- Zafar Hoşimov, “Korzinka” supermarketlar tarmoği asosçisi va egasi;
- Denis Filippov, Mastercard kompaniyasining Özbekistondagi boş menejyeri;
- Adolat Abdumanapova, Markaziy Osiyo va Turkiyada ekologik, ijtimoiy va boşqaruv amaliyotlarini rivojlantiriş boyiça loyiha menejyeri, IFC;
- Yekaterina Şavgulidze, “Ipak yöli” ATB mustaqil direktori;
- Gregg Robins, “Özsanoatqurilişbank” ATB mustaqil direktori;
- Filipp Gudgin, SR BGI maslahat kengaşi raisi;
- Nodirbek Vohidov, KPMG boşqaruvçi hamkori;
- Korporativ boşqaruv sohasidagi boşqa taniqli mutaxassislar.
Sammitning asosiy voqealaridan biri “Kelajak yaqin: unga qanday tayyorgarlik köriş kerak?” mavzusidagi “Kelajakka tayyorgarlik instituti” (BAA) boş direktori, dekani va hammuassisi Selina Nerining nutqi bölişi kutilmoqda. Xalqaro ekspert mintaqa, iqtisodiyot, kompaniyalar va direktorlar kengaşlari rivoji böyiça istiqbolli nuqtai nazarini taqdim etadi.
Sessiyalar oraliğida iştirokçilarga boşqaruv va investitsiya bozoridagi xalqaro tendensiyalar, şuningdek, Markaziy Osiyoda professional direktorlar hamjamiyatini rivojlantirişning asosiy tendensiyalari mavzusida fireside chats (norasmiy, kamin yonidagi suhbatlar) formatida intervyular taqdim etiladi.
“Muvaffaqiyatli kompaniyalar doimo rivojlaniş va ösiş imkoniyatlarini izlaydilar. Bugungi kunda katta salohiyatga ega eng qiziqarli bozorlardan biri bu Yevroosiyo. Qarama-qarşi harakat mavjud mintaqa davlatlari, ayniqsa, Özbekiston oçiqlik va yangi biznes tafakkuriga tayyorligini körsatmoqda. Biz sammitni kelajakka intilayotgan, hozirda mintaqa ravnaqi uçun zamin yaratayotgan va butun dunyoda katta özgarişlarni amalga oşirgan, jadal ösiş, investitsiyalarni jalb etiş va global kompaniyalarni yaratiş böyiça muvaffaqiyatli tajribaga ega bölganlarni birlaştiriş uçun ötkazmoqdamiz”, - deb ta’kidladi Ipak yöli mamlakatlarida korporativ boşqaruv instituti va direktorlar kengaşi (SR BGI) rahbari Aleksandr Ikonnikov.
“Sammitning asosiy mavzusi korporativ boşqaruv bölib, u kam örganilgan konsepsiyadan strategik boşqaruv böyiça keng qamrovli qarorlar töplamiga ötişi kerak. Jahon amaliyoti va mintaqaning madaniy xususiyatlari çorrahasida paydo böladigan korporativ boşqaruv modeli qanday bölişi yaqin yillarda oydinlaşadi. Katta ehtimol bilan, u an’anaviy modellardan farq qiladi va madaniyatlararo nyuanslarni hisobga oladi”, deb ta’kidladi MDA Akademiyasi hammuassisi Igor Rozanov.
“Agar korxonalar korporativ boşqaruv samaradorlikni oşirişga yordam berişini va uzoq muddatli farovonlik asosiga aylanişini anglab yetsa, tadbirkorlar bunga vaqt va resurslarni sarflaşni boşlaydilar. Ilgari bu yölni bosib ötganlar paydo böla boşlaydi. Ulardan ba’zilari maslahat berişi mumkin, boşqalari esa sifatli boşqaruvni qurişda yordam berişi mumkin”, - deya qöşimça qildi biznes sammit hammuassisi, TEAM universiteti asosçisi Hikmat Abdurahmonov.
Tadbirning rasmiy sayti: silkroadsummit.org orqali röyxatdan ötib sammit iştirokçisi bölişingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida











