Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada prezidentlik saylovi yakunlandi. Saakashvili partiyasi nomzodi yutqazdi
Gruziyada prezidentlik saylovlarining 2-turi yakunlandi.
Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Tbilisi vaqti bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan soat 21:00) barcha saylov uchastkalari yopilgan. Gruziyada jami 3703ta saylov uchastkasi ochilgan, xorijda 55ta uchastka faoliyat ko‘rsatgandi. Saylovchilarning umumiy soni 3 million 528 ming 658 nafarni tashkil qildi.
Ikkinchi turda 28 oktabr kuni o‘tkazilgan birinchi turdagiga qaraganda faollik kuzatildi.
Ikkinchi turda hukmron partiya hisoblanmish «Gruziya orzusi» partiyasidan Salome Zurabishvili va muxolifatdagi «Yagona milliy harakat» partiyasi (bu partiyaga sobiq prezident Mixail Saakashvili asos solgan) vakili Grigol Vashadze ishtirok etdi. Ikki nomzod ham turli yillarda Gruziya TIV rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Saylovlarning 1-turida 25 nomzod ishtirok etgan, biroq ulardan birortasi ovozlarning yarmidan ko‘pini to‘play olmagandi. Eng yaxshi natijalar Zurabishvili (38,64 foiz ovoz) va Vashadze (37,74 foiz) tomonidan qayd etilgandi.
Ekzit-pollga ko‘ra, Salome Zurabishvili 58 foiz ovoz olgan holda ustunlik qilmoqda. Vashadzega 42 foiz saylovchi ovoz bergan.
Foto: EPA
Yaqin vaqtlarda Gruziya Markaziy saylov komissiyasi rasmiy natijalarni e'lon qiladi.
Foto: REUTERS
Gruziya konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident saylanganidan keyingi uchinchi yakshanbada inauguratsiya marosimini o‘tkazadi. Bu esa 16 dekabrga to‘g‘ri keladi.
28 noyabr kungi saylovlar Gruziyada prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylangan oxirgi saylovlar bo‘lib qoladi. U olti yil muddatga saylanadi. Keyingi prezident saylov kollegiyasining 300 nafar a'zosi tomonidan saylanadi. 2017 yili Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, prezident huquqlari va vakolatlari keskin qisqartirilgan.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026