«O‘zbekiston havo yo‘llari» ichki reyslar uchun chegirmalar e'lon qildi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 30 dekabridan 2019 yil 3 yanvarigacha Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha ichki reyslar uchun chegirmalar e'lon qildi.
Kompaniya matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, individual (bir kishi) yo‘lovchilarga — 30 foizlik bayram chegirmalari taqdim etiladi.
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi tegishli o‘quv muassasalari tinglovchilari, sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab, kollejlar, litseylar o‘quvchilari va universitetlarning talabalari uchun — 40 foizlik chegirmalar beriladi.
Oilaviy chegirmalar (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri, rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona), shuningdek, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, 1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, Front ortidagi fidokorona mehnati uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun chegirmalar 50 foizlik bo‘ladi.
Chernobil AESi falokati oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etganlar uchun ham 50 foizlik chegirmalar taqdim qilinadi.
Mavzuga oid
14:31 / 16.04.2020
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda
14:52 / 26.11.2019
Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkin
17:29 / 11.11.2019
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKdagi tarkibiy o‘zgarishlar yakunlandi
19:55 / 07.11.2019