19:40 / 29.11.2018
24359

2018 yil tarixdagi eng issiqlaridan biri bo‘lishi mumkin 

Foto: TASS, Artem Geodakyan

2018 yil, ko‘rinishicha, meteokuzatuvlarning butun tarixi davomida eng issiq yillar ro‘yxatida 4-o‘rinni egallaydi. Bu haqda BMTning Jahon meteorologik tashkiloti dokladida aytilgan.

Dokladda aytilishicha, 2018 yilning ilk 10 oyida o‘rtacha global harorat sanoatgacha (1850 yildan 1900 yilgacha) harorat darajasidan deyarli 1 darajaga oshgan.

Ta'kidlanishicha, eng issiq 20 yil oxirgi 22 yilga to‘g‘ri kelmoqda. “Yana bir bor qaytarishni istardik, biz iqlim o‘zgarishi jiddiyligini to‘liq anglagan birinchi avlodmiz va bunga qarshi biror chora ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan oxirgi avlodmiz”, deb aytgan tashkilot rahbari Petteri Taalas. 

2017 yil ham eng issiq yillardan biri bo‘lgan. O‘shanda yanvardan sentabrgacha global harorat sanoatgacha harorat darajasidan 1,1 darajaga yuqori bo‘lgan.

Noyabrda Jahon meteorologik tashkiloti atmosferadagi karbonat angidrid miqdori kritik nuqtagacha yetgani haqidagi dokladni tarqatgandi. Atmosferada issiqxona gazlari miqdorining yuqori bo‘lishi o‘rtacha global harorat ko‘tarilishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Top