O‘zbekiston | 09:45 / 29.11.2018
23858
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta'sis etildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Madaniyat va san'at fidokori” ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Madaniyat va san'at fidokori” ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yilning 1 iyuniga qadar, jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi “Madaniyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritadi: 

madaniyat sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari, ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakolatlari; 

madaniyat sohasida fuqarolar, millat va elatlarning huquq hamda erkinliklari; 

madaniy obektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartiblari, shuningdek, ularni moliyalashtirish va boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari; 

ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, madaniyat sohasidagi xodimlarning ijtimoiy himoyasi; 

madaniy almashuv, xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik, madaniyat obektlari va san'at asarlarini ommalashtirish. 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlarini an'anaviy ravishda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi. 

Belgilanishicha: 

a) ushbu respublika ko‘rik-tanlovlari: 

“Xalq cholg‘ulari ijrochilari” ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019 yilning iyun oyida; 

Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019 yilning oktabr oyida; 

Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2020 yilning aprel oyida o‘tkaziladi; 

b) ushbu respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarining bir nafardan yakka ijrochilari tegishli yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta'lim muassasasining bakalavriat bosqichiga qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi. 

Mavzuga oid