Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekenergo»: 7 milliondan ortiq iste'molchilar 2021 yil yakunigacha avtomatlashtirilgan tizimga to‘liq ulanadi
Prezident tomonidan 2018 yil 23 oktabrda imzolangan “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 7 milliondan ortiq iste'molchilarning barchasi elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi.
“O‘zbekenergo”AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yil yakuniga qadar elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha yetkazilishi belgilangan.
Avtomatlashtirilgan tizim iste'molchi bilan ta'minotchi o‘rtasida aniq hisob-kitob yo‘lga qo‘yish orqali ishlaydi. Ya'ni, iste'molchi o‘zining hisobi (balansi) holati bo‘yicha doimiy xabardor etib boriladi. Bordi-yu, qarzdorligi mavjud iste'molchi bo‘lsa, unda u tizimdan o‘chiriladi. To‘lovni vaqtida amalga oshiradigan iste'molchilarga esa uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq ta'minlanadi.
Bundan tashqari, iste'molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish imkoniyati ham yuzaga keladi.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026