Sport | 22:46 / 02.12.2018
6206
2 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» o‘yin oxirida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Foto: Twitter/Atleti

Ispaniya chempionatining 14-turida «Jirona» Madridning «Atletiko» klubini qabul qildi. «Munisipal de Montilivi» stadionida kechgan uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Maydon egalari birinchi bo‘limga qo‘shilgan daqiqalarda Kristian Stuani tomonidan penaltidan urilgan gol evaziga hisobni ochishdi. «Matraschilar» 82-daqiqada «Jirona» himoyachisi Xonas Ramalo o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Shu tariqa, ikki jamoa ham Primerada mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi: «Atletiko»da 11 o‘yin (5 g‘alaba, 6 durang), «Jirona»da 6 o‘yin (3 g‘alaba, 3 durang).

Endilikda «Atletiko» ochkolari sonini 25taga yetkazgan holda turnir jadvallida uchinchi o‘rinda joylashgan. «Barselona»da ham shuncha ochko bor, katalonlar tur o‘yinini bugun o‘tkazishadi. Peshqadam «Sevilya»da 26 ochko mavjud, andalusiyaliklarda ham zaxira o‘yini mavjud. «Jirona» 20 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Ispaniya chempionati
14-tur
Jirona – Atletiko 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 45, penalti Stuani, 1:1 – 82, avtogol Ramalo.
Jirona – Bunu (Iraysos, 72), Ramalo, Espinosa, Xuanpe, Porro, Pons, Granel, Roberts (Portu, 66), Aleish Garsiya (Fernandes, 83), Garsiya, Stuani.
Atletiko – Oblak, Lyuka Ernandes, Savich, Aryas (Jyelson Martinsh, 74), Koke, Saul, Rodri Ernandes (Korrea, 64), Parti, Lemar, Grizmann, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Grizmann (17), Koke (41), Parti (72), Diyego Kosta (89), Saul (89).

Mavzuga oid