Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda «Yandeks»ning smartfoni haqidagi ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Internetga «Yandeks» kompaniyasi 5 dekabrda taqdim qilishi kutilayotgan «Yandeks. Telefon» smartfoni haqidagi ma'lumotlar chiqib ketdi. Qurilmaning ko‘rsatkichlari haqidagi ma'lumot elektronika va maishiy texnika sotuvchi yirik kompaniyalardan biri saytida paydo bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbu sahifa o‘chirib tashlangan, biroq uni Google keshida ko‘rish mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, smartfon 8 yadroli protsessor, 5,65 dyyumli displey, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira oladi. Doimiy xotirani microSD kartalari yordamida oshirish mumkin.
Qurilma LTE tarmoqlarida ikkita SIM-karta bilan ishlay oladi, tezkor quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi va kichik masofalarda ma'lumotni simsiz uzatish texnologiyasi – NFC moduli evaziga kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshira oladi. Qurilmaning akkumulyatori 2970 mA-soatni tashkil qiladi. Ma'lum qilinishicha, smartfonning asosiy kamerasi 16+5 Mpli qo‘sh kamera, old kamerasi esa 5 Mpli bo‘ladi. Asosiy kamera ostida barmoq izi skaneri joylashadi.
Smartfon, shuningdek, quvvatlash va ma'lumotlarni uzatish uchun USB-C porti va quloqchinlar uchun 3,5 mmli raz'yom bilan jihozlanadi. Smartfonning narxi 17990 rublni tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi

12:38 / 11.03.2025