21:30 / 03.12.2018
17948

Chilonzor tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Azizxon Shavkatovich Usmonov Chilonzor tumani hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Azizxon Usmonov shu kunga qadar Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi Chilonzor tuman arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i - tuman bosh arxitektori lavozimlarida ishlagan.

Azizxon Usmonov 1985 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yili Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2007 yili «CASA DESIGN» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori sifatida boshlagan.

Shundan keyin turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi «Loyihalashtirish tashkilotlari faoliyati monitoringi boshqarmasining qurilishda yangi loyiha yechimlarini va texnologiyalarni joriy etish» bo‘limi yetakchi mutaxassisi, Shayxontohur tumani bosh arxitektori, Bektemir tumani bosh arxitektori, Yakkasaroy tumani bosh arxitektori kabi lavozimlarda ishlagan.

U 2017 yildan shu vaqtgacha Chilonzor tumani bosh arxitektori sifatida ishlab kelayotgandi.

Azizxon Usmonov 2017 yili Chilonzor tumanida Bunyodkor - Muqimiy ko‘chalari kesishmasida ochilgan ko‘prik hamda 2018 yili Bunyodkor va Cho‘pon ota ko‘chalari chorrahasida bunyod etilgan ko‘prik qurilishida keng ko‘lamli ishlarni bajargan.

Top