Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiyada Modrichdan barcha ayblovlar olib tashlandi

«Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrichdan yolg‘on guvohlik bergani bo‘yicha ayblovlar olib tashlandi, deb yozadi Goal.
Avvalroq futbolchi «Dinamo Zagreb» klubining sobiq prezidenti Zdravko Mamichning jinoyat ishida guvoh sifatida qatnashayotgan edi. Mulozim Modrichning «Tottenhem» klubiga transferidan tushgan mablag‘larning bir qismini o‘zlashtirganlikda ayblanayotgan edi. 2008 yilda futbolchi 21 million yevro evaziga ingliz klubiga o‘tgandi.
Oldiniga tergovchilar Modrichni yolg‘on guvohlik berganlikda gumonladilar. Biroq, keyinchalik barcha ayblovlar olib tashlandi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Modrich Xorvatiya futboli tarixida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan ilk futbolchi bo‘ldi. Bu yil u «Real» bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonib, Xorvatiya terma jamoasi bilan jahon chempionati finaligacha yetib bordi.
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika 26 nafar narkobaronni AQShga topshirdi
Jahon | 22:48
-
AQSh Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazish uchun joy qidirmoqda - CBS
Jahon | 22:20
-
Turkiyaning AJet aviakompaniyasi parvoz vaqtida pauerbanklardan foydalanishni taqiqladi
Jahon | 22:18
-
YeI va AQSh yetakchilari Ukraina bo‘yicha muloqot o‘tkazdi
Jahon | 21:36
Mavzuga oid

09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi

20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi

21:58 / 17.12.2022
Xorvatiya Marokashni mag‘lub etib, bronzaga ega chiqdi

02:03 / 14.12.2022