UYeFA «Manchester Siti»ni yevrokuboklardan chetlatishi mumkin
«Manchester Siti» klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani haqidagi xabarlar internetda tarqalganidan so‘ng, jiddiy muammolarga duch kelish arafasida turibdi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, UYeFA Football Leaks ma'lumotlariga asoslanib, matbuotda oshkor qilingan xabarlar bo‘yicha surishtiruv boshlagan. Agar «Manchester Siti» rahbariyatining moliyaviy qallobliklar bilan shug‘ullangani aniqlansa, jamoa Chempionlar Ligasidan chetlatiladi.
Xususan, UYeFA «Manchester Siti» xo‘jayini Shayx Mansurning hatti-harakatlarini tekshirmoqda. Avvalroq, Etihad Airways kompaniyasidan olinadigan homiylik mablag‘larining bir qismi Shayx Mansur tomonidan maxfiy tarzda to‘langani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mavzuga oid
11:34 / 18.02.2024
«Siti» ochko yo‘qotdi, «Arsenal»da yana 5 ta gol. APLda kun o‘yinlari
11:32 / 14.01.2024
«Siti»da jiddiy yo‘qotish va qiyin g‘alaba, Sanchoda yorqin qaytish. Yevropada kun o‘yinlari
01:08 / 23.12.2023
«Man Siti» - klublar o‘rtasida jahon chempioni
14:42 / 22.12.2023