Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda kuchli gumburlash ovozi eshitildi. Holat rasman izohlanmadi
Bugun, 6 dekabr kuni Namangan viloyatining ayrim hududlari aholisini gumburlagan ovoz bezovta qildi. Portlash ovozi kun yarmida eshitilgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kuchli portlash ovozini eshitganini, biror gaz-zapravka portlaganini taxmin qilishgan.
«Neft chiqarishyapti-ku xitoyliklar, o‘shalar portlatdi», — deyiladi boshqa bir xabarda.
Kun.uz manbalariga ko‘ra, bu ovoz Namangan viloyatining Mingbuloq shaharchasi yaqinidagi neft konidagi geologik qidiruv ishlari davomida amalga oshirilgan. Biroq, holat yuzasidan biror rasmiy xabar tarqatilmagan.
Ma'lumot uchun, 1995 yilda ham Mingbuloq tumanidan katta miqdorida neft chiqqan edi. Biroq amalga oshirilgan chora-tadbirlar neftni «bo‘ysundirish» uchun yetarli bo‘lmagan va undan samarali foydalanish imkoniyati yo‘qqa chiqqandi.
2017 yilning iyunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mingbuloq tumanidagi mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Mingbuloqneft» O‘zbekiston — Xitoy qo‘shma korxonasiga tashrif buyurgan, konda yangi qidiruv qudug‘i ishga tushirilgandi.
2017 yilning noyabr oyida ham Mingbuloq tumanida yirik neft koni topilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ushbu konda ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston va Xitoyning yetakchi mutaxassislari tomonidan qazilma ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Foto: Vikipediya
Internet manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning geologik neft zaxirasi – 5 mlrd. tonnani tashkil etib, aniqlangan neft zaxirasi esa 530 mln. tonnadan ziyod.
Mavzuga oid
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026
Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin
20:03 / 02.05.2026