OPeK davlatlari neft qazib olish hajmini kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
OPeKning Venada o‘tgan yig‘ilishi OPeK+ kelishuvi ishtirokchilarining neft qazib olish hajmini kuniga 1,2 mln barrelga qisqartirilishiga roziligi bilan yakunlandi. Bu haqda Iroq neft vaziri Tamir al-G‘adban ma'lum qildi.
Neft hajmi 2018 yil oktabrdagi hajmga nisbatan qisqartiriladi.
Neft qazib olish hajmini qisqartirishning asosiy qismi (800 ming barrel) OPeK davlatlari, qolgan 400 ming barreli esa kelishuvning boshqa ishtirokchilari, jumladan Rossiya ulushiga to‘g‘ri keladi. Avvalroq neft qazib olish hajmini kuniga 150 ming barreldan ko‘proqqa qisqartirishdan bosh tortgan Rossiya 200 ming barrelga rozi bo‘lgan.
Eron neft hajmini qisqartirmaydigan bo‘ldi, chunki neft eksport qiluvchi davlatlar Eronning AQSh sanksiyalari sababli neft olish hajmi shundoq ham qisqarib ketganini qayd qilishgan.
Kelishuv 2019 yilning birinchi yarmi uchun amal qiladi. Shu bilan birga neft qazib olish hajmini qisqartirish aprelda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
OPeK anjumani raisi, BAA energetika vaziri Suhayl Al-Mozruiyning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston, Chad va yana bir qator davlatlar OPeKga kuzatuvchilar sifatida qo‘shilgan.
OPeK kelishuvga erishgani haqidagi xabarlar ortida Brent nefti narxi 61 dollardan 63 dollarga ko‘tarildi.
Mavzuga oid
12:37 / 27.10.2024
Neft – dunyo qirollari uchun endi toj emasmi?
08:40 / 06.05.2024
OPeK O‘zbekistonda xususiy bog‘chalarni rivojlantirishga 20 mln dollar ajratadi
16:03 / 23.11.2023
Jahonda neft narxi 80 dollardan pastga sho‘ng‘imoqda
16:31 / 09.06.2023