Light | 22:56 / 07.12.2018
26491
3 daqiqa o‘qiladi

Salomatlik bilan bog‘liq biz e'tibor qilmaydigan belgilar

Bu maqola kim uchundir qo‘rqinchli tuyulishi mumkin. Biroq mazkur belgilarni vaqtida bilish hamma uchun foydali. Ularni diqqat bilan o‘qing, ana o‘shanda ilgariroq bilsam bo‘lar ekan, deb afsuslanmaysiz.

Foto: Fotolia

1. Charchash

Charchash qaysidir ma'noda urfga aylanib qoldi. Demak, inson ko‘p ishlab, kam uxlashiga to‘g‘ri kelyapti. Biroq charchoq hissi sizni dam olish kunlari va ta'tildan keyin ham tark etmasa, balki sabab zo‘riqish bilan bog‘liq emasdir. Charchash — ko‘plab kasalliklarning umumiy belgisi. Eng avvalo, endokrinologga borish va qalqonsimon bezning normal ishlayotganini tekshirtirish lozim bo‘ladi.

2. Terlash

Agar jismoniy mashqlarni bajarayotgan bo‘lsangiz, ko‘p terlash — normal holat. Yotoqxonangiz juda issiq bo‘lsa, tunda uxlash vaqtida ko‘p terlash ham — normal holat. Balki issiqlab ketishingiz jismoniy faollik va qalin ko‘rpa bilan bog‘liq emasdir. Katta arteriyaning siqilib qolishi bunga sababdir. Bu esa infarktga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dastlab yotoqxonangizdagi batareyani ko‘zdan kechiring, keyin esa kardiolog qabuliga boring.

3. Jig‘ildon qaynashi

Ko‘kragingizdagi g‘alati qaynash hissiga e'tibor bermay, buni tushlik vaqtida iste'mol qilingan kulchaga bog‘lashingiz mumkin. Biroq ayrim holatlarda jig‘ildon qaynashiga o‘xshash hislar oshqozon hazm qilish emas, yurak bilan bog‘liq muammolar haqida belgi beradi. Shunday ekan osh sodasini topish haqida emas, kardiolog qabuliga yozilish haqida o‘ylash kerak.

4. Vaznning yo‘qotilishi

Ko‘pchilik parhezsiz, mashqlarsiz va hayot tarzini o‘zgartirmasdan ozish haqida orzu qilishadi. Shuning uchun vazn o‘z-o‘zidan kamayishni boshlasa, shuni bilingki, bu xursand bo‘lish uchun sabab emas. Aslida xulosa chiqarishga shoshilmang. Vazning birdaniga kutilmaganda kamayishi — onkologik kasalliklarning belgilaridan biri. Shuning uchun ozish uchun nima sabab bo‘lganini shifokor bilan birgalikda o‘ylang.

Mavzuga oid