Sport | 22:15 / 07.12.2018
3327
2 daqiqa o‘qiladi

Superligada noyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi

Superligada noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va darvozaboni ma'lum bo‘ldi.

PFL saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, «Lokomotiv» jamoasi posboni Ignatiy Nesterov eng ko‘p ochko to‘plab, o‘tgan oyning eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi. 

Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi ustozi Andrey Fyodorov o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning qo‘li ostida klub 5ta o‘yin o‘tkazib, 4ta g‘alaba va 1ta durang qayd etdi.

Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida tashkil etilgan so‘rovnomada «Paxtakor» a'zosi braziliyalik Tiago Bezerra eng ko‘p ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘tgan oyda 5ta o‘yinda maydonga tushib, 6 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. Bezerra so‘rovnomada Marat Bikmayevni kichik farq bilan ortda qoldirdi.

Mavzuga oid