Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga. Rur derbisida «Borussiya» g‘alaba qozondi, «Bavariya» raqibini yirik hisobda yengdi va boshqa natijalar
Germaniya chempionati 14-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.
Turning markaziy bahsida, Rur derbisida «Shalke» va «Borussiya» D klublari bellashdi. Keskin kurashlarga boy tarzda o‘tgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«Bavariya» o‘z maydonida «Nyurnberg» bilan o‘ynab, 3:0 hisobida zafar quchdi. Polshalik hujumchi Levandovski dubl sohibi bo‘ldi.
Chempionat jadvalida «Borussiya» D 36 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Bavariya» 27 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
Bundesliga, 14-tur
8 dekabr
Frayburg – RB Leyptsig 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 12 Petersen, 2:0 – 45, penalti Valdshmidt, 3:0 – 52 Frantts.
Bavariya – Nyurnberg 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 9 Levandovski, 2:0 – 27 Levandovski, 3:0 – 56 Riberi.
Shalke – Borussiya D 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 7 Dileyni, 1:1 – 61, penalti Kalijuri, 1:2 – 74 Sancho.
Bayyer – Augsburg 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 75 Alario.
Volfsburg – Hoffenhaym 2:2 (2:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 4 Belfodil, 1:1 – 28, avtogol Bichakchich, 2:1 – 31 Ginchek, 2:2 – 71 Kramarich.
Mavzuga oid
14:09 / 09.02.2026
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
13:37 / 29.01.2026
Lissabonda drama. Darvozabon «Real»ga gol urib, jamoasini pley-offga olib chiqdi
12:32 / 22.01.2026
«Barsa»da kambek, «Qorabog‘»da yana g‘alaba. Kun o‘yinlari
05:33 / 27.11.2025