Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhoniy AQSh siyosatini terrorchilikka qiyosladi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh prezidenti Donald Tramp siyosatini terrorchilikka qiyosladi. Bu haqda “Al-Muazzin” telekanali ma'lum qildi.
Tramp bunday “o‘xshatish”ga Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha harakatlar rejasidan chiqish qarori uchun “taqdirlangan”.
“Amerikaning yadroviy bitimdan chiqishi – Eronga qarshi iqtisodiy terrorchilikning ko‘rinishlaridan biridir”, deb aytgan Ruhoniy. Eron prezidenti bu haqda Eron, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Pokiston va Afg‘oniston parlamenti rahbarlarining anjumanida aytib o‘tgan. Anjuman terrorchilikka qarshi kurashga bag‘ishlangan.
Ruhoniy Eron terrorchilikni yo‘q qilish uchun katta haq to‘laganini, unga qarshi kurash hali ham davom etayotgani va sa'y-harakatlarni birlashtirmasdan ilojsiz ekanligini qayd qilib o‘tgan. Eron prezidentining fikricha, uning davlati iqtisodiy terrorchilikka to‘qnash kelmoqda, bu terrorchilik tarafdorlari esa “mintaqada ziddiyat va muammolarni chuqurlashtirishga” intilmoqda.
Mavzuga oid
09:37 / 03.02.2026
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
21:20 / 15.08.2023
Eron prokuraturasi sobiq prezidentga nisbatan jinoiy ish ochdi
21:35 / 01.08.2021