Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oldi – OAV
Avstraliya hukumati Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishi haqidagi qarorni qabul qildi.
Ushbu qaror milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha tor doiradagi mahkamada ma'qullangan va 11 dekabrda yangi bosh vazir Skott Morrison boshchiligidagi hukumat yig‘ilishida e'lon qilinadi. Bu haqda Avstraliya OAVga iqtibos keltirgan holda NEWSru Israel internet-nashri ma'lum qildi.
Biroq Kanberra Tel-Avivdagi elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirmay, u yerda konsullik ochish bilan kifoyalanib qolmoqchi.
Avstraliyaning SBS teleradiokompaniyasining yuqori mansabdor shaxslarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, elchixonaning Al-Qudsga ko‘chirilishidan voz kechishga buning uchun katta mablag‘ – 200 mln dollar talab etilishi sabab hisoblanadi.
Ayni vaqtda Al-Qudsda AQSh va Gvatemala elchixonalari faoliyat yuritadi. Paragvay elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirgandan bir necha oy o‘tib uni yana Tel-Avivga qaytargan. Noyabrda qadimiy shaharda Chexiya uyi ochilgan, biroq Chexiya Yevropa Ittifoqi siyosatiga qarshi borib, elchixonasini ko‘chirish niyatidamas.
Shuningdek, Braziliyaning yangi prezidenti Jair Bolsonaru ham mamlakat elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirish istagini bildirgan.
Mavzuga oid
14:11 / 04.06.2026
“Tramp va Netanyahu janjali doka ro‘mol qurishidek gap” – siyosatshunos
08:21 / 04.06.2026
AQSh: Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
22:03 / 03.06.2026
Netanyahu Tramp bilan bo‘lgan bahsni oilaviy kelishmovchilikka qiyosladi
17:02 / 03.06.2026