Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor tumani hokimining uyini tunab ketishdi. Gumondor shaxslar qo‘lga olindi
O‘tgan haftada Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovning xonadoniga o‘g‘ri tushgan.
Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, voqea 5 dekabr kuni sodir bo‘lgan, o‘g‘rilar uydan katta miqdordagi mablag‘larni olib chiqib ketishgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB FMB tomonidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtga kelib, o‘g‘rilikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olingan.
«Tergov-tezkor tadbirlar natijasida 07.12.2018 yil M.M., Q.G. va G.R. ushlanib, o‘tkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida M.M.ning xonadonidan o‘g‘irlangan ashyolar olingan.
M.M., Q.G. va G.R. 09.12.2018 yil jinoyat ishi yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi chorasi qo‘llangan», deyiladi prokuratura xabarida.
Xabarda qayd etilishicha, tergovda jabrlanuvchi sifatida Chilonzor tumani hokimining turmush o‘rtog‘i ishtirok etmoqda.
Prokuratura o‘g‘irlangan pullar miqdoriga aniqlik kiritmagan.
Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Ma'lumot uchun, Sarvar Maxametov shu yilning oktabridan buyon Chilonzor tumani hokimi hisoblanadi. U 2010-2016 yillarda Bektemir tumani hokimi, 2016-2018 yillarda Yakkasaroy tumani hokimi sifatida ham ishlagan.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026